وَهُوَ ٱلَّذِى مَدَّ ٱلْأَرْضَ وَجَعَلَ فِيهَا رَوَٰسِىَ وَأَنْهَـٰرًا ۖ وَمِن كُلِّ ٱلثَّمَرَٰتِ جَعَلَ فِيهَا زَوْجَيْنِ ٱثْنَيْنِ ۖ يُغْشِى ٱلَّيْلَ ٱلنَّهَارَ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَـٰتٍ لِّقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U yerni cho`zib, unda baland tog`lar va anhorlar qilgan, har xil mevalardan juft-juft qilgan Zotdir. U kechani kunduzga o`ratadir. Bunda, albatta, tafakkur qiluvchi qavmlar uchun oyat-belgilar bordir.У ерни чўзиб, унда баланд тоғлар ва анҳорлар қилган, ҳар хил мевалардан жуфт-жуфт қилган Зотдир. У кечани кундузга ўратадир. Бунда, албатта, тафаккур қилувчи қавмлар учун оят-белгилар бордир.Alauddin Mansour: U Yerni yoyiq qilib yaratib, unda togʻlar va daryolar paydo qilgan Zotdir. U Yerdagi har mevani ikkitadan — juft-juft (yaʼni, erkak-urgʻochi) qilib yaratdi. U kechani kunduz ustiga yoyar (yaʼni, kecha-kunduz ham bir-birlarining juftlaridir). Albatta, bu (misollar)da tafakkur qiladigan qavm uchun oyat-ibratlar bordir.У Ерни ёйиқ қилиб яратиб, унда тоғлар ва дарёлар пайдо қилган Зотдир. У Ердаги ҳар мевани иккитадан — жуфт-жуфт (яъни, эркак-урғочи) қилиб яратди. У кечани кундуз устига ёяр (яъни, кеча-кундуз ҳам бир-бирларининг жуфтларидир). Албатта, бу (мисоллар)да тафаккур қиладиган қавм учун оят-ибратлар бордир.
Ha, U zot koʻz oʻngingizda yerni choʻzib qoʻygandir. Qayerdan qarasangiz, qarshingizda yer choʻzilib yotibdi. Buni kim qilgan? Albatta, Alloh qilgan. Shu bilan birga, Alloh:
«unda baland togʻlar va anhorlar qilgan».
Yerdagi baland togʻlarni kim barpo etgan? Yerdagi anhorlarni kim oqizib qoʻygan? Albatta, Alloh. U:
«har xil mevalardan juft-juft qilgan Zotdir».
Agar mevalarda juftlik–erkak va urgʻochilik xususiyati boʻlmaganida, mevaga aylanmas edi. Buni kim qilgan? Albatta, Alloh taolo.
«U kechani kunduzga oʻratadir.»
Kecha va kunduz ham bir juftlik boʻlib, bir-birini oʻraydi. Navbat bilan kecha kunduzni, kunduz kechani oʻrab turadi. Bu jarayon asrlardan buyon davom etib kelmoqda. Xoʻsh, buni kim qilmoqda? Albatta, Alloh taolo. Ushbu hodisalarni har bir odam oʻylab koʻrmogʻi lozim:
«Bunda, albatta, tafakkur qiluvchi qavmlar uchun oyat-belgilar bordir».
Tafakkur qilmaganlar esa, ongsiz hayvonlarga oʻxshab yuraveradilar.