QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ar-Ra'd surasi · Oyatсураси · Оят4

وَفِى ٱلْأَرْضِ قِطَعٌ مُّتَجَـٰوِرَٰتٌ وَجَنَّـٰتٌ مِّنْ أَعْنَـٰبٍ وَزَرْعٌ وَنَخِيلٌ صِنْوَانٌ وَغَيْرُ صِنْوَانٍ يُسْقَىٰ بِمَآءٍ وَٰحِدٍ وَنُفَضِّلُ بَعْضَهَا عَلَىٰ بَعْضٍ فِى ٱلْأُكُلِ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَـٰتٍ لِّقَوْمٍ يَعْقِلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va yer yuzida qo`shni bo`laklar bor. Shuningdek, uzumlar, bog`lar, ekinzorlar, shoxlagan va shoxlamagan xurmolar bo`lib, bir xil suv ila sug`oriladilar va ularning ba'zilarining mevasini ba'zilarinikidan afzal qilurmiz. Bunda, albatta, aql ishlatuvchi qavmlar uchun oyat-belgilar bordir.Ва ер юзида қўшни бўлаклар бор. Шунингдек, узумлар, боғлар, экинзорлар, шохлаган ва шохламаган хурмолар бўлиб, бир хил сув ила суғориладилар ва уларнинг баъзиларининг мевасини баъзилариникидан афзал қилурмиз. Бунда, албатта, ақл ишлатувчи қавмлар учун оят-белгилар бордир.Alauddin Mansour: Bu Yerda bir-biriga qoʻshni boʻlgan boʻlak-boʻlak (yaʼni, biri unumdor boʻlsa, biri shoʻr) yerlar, uzumzor bogʻlar, ekinzorlar va shoxlab ketgan-shoxlamagan xurmolar boʻlib, (ularning hammasi ham) bir suv bilan sugʻorilur. (Lekin) Biz ularning ayrimlaridan ayrimlarini taʼmliroq-yeyishliroq qilib qoʻyurmiz. Albatta, bunda ham aql yurgizadigan qavm uchun oyat-ibratlar bordir.Бу Ерда бир-бирига қўшни бўлган бўлак-бўлак (яъни, бири унумдор бўлса, бири шўр) ерлар, узумзор боғлар, экинзорлар ва шохлаб кетган-шохламаган хурмолар бўлиб, (уларнинг ҳаммаси ҳам) бир сув билан суғорилур. (Лекин) Биз уларнинг айримларидан айримларини таъмлироқ-ейишлироқ қилиб қўюрмиз. Албатта, бунда ҳам ақл юргизадиган қавм учун оят-ибратлар бордир.

249-sahifa · 13-juz · 25-hizb249-саҳифа · 13-жуз · 25-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَفِىva -daва -даٱلْأَرْضِyer yuziер юзиقِطَعٌۭboʻlaklar borбўлаклар борمُّتَجَـٰوِرَٰتٌۭqoʻshniқўшниوَجَنَّـٰتٌۭva bogʻlarва боғларمِّنْ-dan-данأَعْنَـٰبٍۢuzumlarузумларوَزَرْعٌۭva ekinzorlarва экинзорларوَنَخِيلٌۭva xurmolarва хурмоларصِنْوَانٌۭshoxlagan (bir ildizli)шохлаган (бир илдизли)وَغَيْرُva emasва эмасصِنْوَانٍۢshoxlaganшохлаганيُسْقَىٰsugʻorilarlarсуғориларларبِمَآءٍۢsuv ilaсув илаوَٰحِدٍۢbir xilбир хилوَنُفَضِّلُva afzal qilamizва афзал қиламизبَعْضَهَاularning baʼzilariniуларнинг баъзилариниعَلَىٰ-dan-данبَعْضٍۢbaʼzilariбаъзилариفِى-da-даٱلْأُكُلِ ۚmevaмеваإِنَّalbattaалбаттаفِى-da-даذَٰلِكَbuбуلَـَٔايَـٰتٍۢoyat-belgilar bordirоят-белгилар бордирلِّقَوْمٍۢqavmlar uchunқавмлар учунيَعْقِلُونَaql ishlatuvchiақл ишлатувчи
TafsirТафсир

Bu oyati karimada eʼtibor ekin-tikinlarga qaratilmoqda. Yer yuzida bir-biriga yonma-yon turli xil maydonlar–ekinzor yerlar bor. Oʻsha yerlarda turli uzumzorlar, bogʻ-rogʻlar, shoxlagan va shoxlamagan xurmolar oʻsadi. Oʻsha bogʻlar va daraxtlar bir xil suv bilan sugʻoriladi. Yer bir, suv bir, ozuqa bir, lekin:

«Ularning baʼzilarining mevasini baʼzilarinikidan afzal qilurmiz».

Bu ham Allohning qudratiga dalolat.

Darhaqiqat, oʻylab koʻradigan boʻlsak, hozirda bir necha yuz xil uzum navi bor. Ular bir yerga ekilsa ham, bir ariqdan sugʻorilsa ham, mevasi har xil. Taʼmi-da boshqa-boshqa. Xoʻsh, buni kim qiladi? Albatta, Alloh taolo!

Ekin-tikinlar ham shunday. Ular bir xil yerga ekiladi, bir xil sugʻoriladi, ammo taʼmi xilma-xildir. Xurmo ham shu. Yer bir, suv bir, lekin mevasining taʼmi bir-birinikiga oʻxshamaydi. Xoʻsh, buni kim qiladi? Albatta, Alloh.

Ushbu haqiqatni har bir odam aql ishlatib, tafakkur qilmogʻi lozim:

«Bunda, albatta, aql ishlatuvchi qavmlar uchun oyat-belgilar bordir».

Aqlini ishlatmaganlar esa, aqli yoʻq hayvonlardek yuraveradilar.

Sen ularning bu holidan: