۞ وَإِن تَعْجَبْ فَعَجَبٌ قَوْلُهُمْ أَءِذَا كُنَّا تُرَٰبًا أَءِنَّا لَفِى خَلْقٍ جَدِيدٍ ۗ أُو۟لَـٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ بِرَبِّهِمْ ۖ وَأُو۟لَـٰٓئِكَ ٱلْأَغْلَـٰلُ فِىٓ أَعْنَاقِهِمْ ۖ وَأُو۟لَـٰٓئِكَ أَصْحَـٰبُ ٱلنَّارِ ۖ هُمْ فِيهَا خَـٰلِدُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar ajablanadigan bo`lsang, ularning: «Agar biz tuproq bo`lib ketsak ham, yangidan yaratilamizmi?!» deyishlari yana ham ajablanarlidir. Ana o`shalar Robbilariga kufr keltirganlardir. Ana o`shalar bo`yinlari kishanlarda bo`ladiganlardir. Ana o`shalar do`zax egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar.Агар ажабланадиган бўлсанг, уларнинг: «Агар биз тупроқ бўлиб кетсак ҳам, янгидан яратиламизми?!» дейишлари яна ҳам ажабланарлидир. Ана ўшалар Роббиларига куфр келтирганлардир. Ана ўшалар бўйинлари кишанларда бўладиганлардир. Ана ўшалар дўзах эгаларидир. Улар унда абадий қолурлар.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), agar (biron narsadan) ajablansangiz, u holda ularning (kofirlarning): «Tuproq boʻlib ketgach, bizlar yana yangitdan yaratilamizmi?», degan gaplari ajablanarlidir. Ular Parvardigorlariga kofir boʻlgan kimsalardir. (Qiyomat Kunida) ularning boʻyinlarida kishanlar boʻlur. Ular doʻzax egalari boʻlib, oʻsha joyda abadiy qolurlar.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), агар (бирон нарсадан) ажаблансангиз, у ҳолда уларнинг (кофирларнинг): «Тупроқ бўлиб кетгач, бизлар яна янгитдан яратиламизми?», деган гаплари ажабланарлидир. Улар Парвардигорларига кофир бўлган кимсалардир. (Қиёмат Кунида) уларнинг бўйинларида кишанлар бўлур. Улар дўзах эгалари бўлиб, ўша жойда абадий қолурлар.
Kofirlarning yuqoridagi oyatlarda zikr etilgan belgi va alomatlarni koʻrib, ularning ichida yurib turib ham, aqllarini ishlatmayotganlariga: «Agar ajablanadigan boʻlsang», bu yoqda undan-da ajablanarli holat bor. Oʻsha kofirlar: «Agar biz tuproq boʻlib ketsak ham, yangidan yaratilamizmi?!» deyishadi. Shuncha oyat-belgilarni, Allohning qudratiga dalolat qiluvchi alomatlarni koʻrib turib ham, shu gapni aytadilar. Mazkur ulugʻ hodisalarni joriy etgan, osmonu yerni, quyoshu oyni va boshqa maxluqlarni yaratgan, butun olamning tadbirini qiladigan, qancha-qancha ishlarni amalga oshiradigan zot–Alloh ularni qayta tiriltira olmasmidi?! Mana bunisi: «yana ham ajablanarlidir». Unaqa gapni aytish badbaxtlikning alomatidir. «Ana oʻshalar Robbilariga kufr keltirganlardir.» Kufr keltirmaganlarida bunday qilmas va bu gapni aytmas edilar. «Ana oʻshalar boʻyinlari kishanlarda boʻladiganlardir.» Ular bu dunyoda aqllari va tafakkurlariga kishan urganlari sababli, yaʼni aqllari va tafakkurlarini ishlatib Allohni tanimaganlari uchun, oxiratda boʻyinlariga kishan osiladi. «Ana oʻshalar doʻzax egalaridir.» Doʻzaxga ular ega boʻlmasa, kim ham ega boʻlar edi? «Ular unda abadiy qolurlar.» Oʻsha kofirlar doʻzaxda abadiy azobda qolurlar. Shunga qaramasdan, hidoyat va rahmat soʻrash oʻrniga: