وَيَسْتَعْجِلُونَكَ بِٱلسَّيِّئَةِ قَبْلَ ٱلْحَسَنَةِ وَقَدْ خَلَتْ مِن قَبْلِهِمُ ٱلْمَثُلَـٰتُ ۗ وَإِنَّ رَبَّكَ لَذُو مَغْفِرَةٍ لِّلنَّاسِ عَلَىٰ ظُلْمِهِمْ ۖ وَإِنَّ رَبَّكَ لَشَدِيدُ ٱلْعِقَابِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular sendan yaxshilikdan avval yomonlik keltirishni talab qilurlar. Holbuki, ulardan avval misollar o`tmishdir. Va, albatta, Robbing odamlarning zulmiga qaramay, ular uchun mag`firatlidir. Va, albatta, Robbing iqobi shiddatlidir.Улар сендан яхшиликдан аввал ёмонлик келтиришни талаб қилурлар. Ҳолбуки, улардан аввал мисоллар ўтмишдир. Ва, албатта, Роббинг одамларнинг зулмига қарамай, улар учун мағфиратлидир. Ва, албатта, Роббинг иқоби шиддатлидир.Alauddin Mansour: Ular sizdan yaxshilik — Allohning rahmatidan avval yomonlik — Allohning azobi kelishini talab qiladilar. Ulardan ilgari ham bunday misollar (Allohning azobiga duchor boʻlganlar) oʻtgandir. Albatta, Parvardigoringiz odamlar oʻzlariga zulm qilguvchi boʻlgan hollarida ham magʻfirat Egasidir. Albatta, Parvardigoringiz azobi qattiq Zotdir.Улар сиздан яхшилик — Аллоҳнинг раҳматидан аввал ёмонлик — Аллоҳнинг азоби келишини талаб қиладилар. Улардан илгари ҳам бундай мисоллар (Аллоҳнинг азобига дучор бўлганлар) ўтгандир. Албатта, Парвардигорингиз одамлар ўзларига зулм қилгувчи бўлган ҳолларида ҳам мағфират Эгасидир. Албатта, Парвардигорингиз азоби қаттиқ Зотдир.
Ular, aslida, sendan tezroq yaxshilik keltirishingni soʻrashlari lozim edi. Ammo aksincha qilmoqdalar. Ular senga, sen xabarini berayotganing–iymon keltirmaganlar yoʻliqadigan azobni tezroq keltir, demoqdalar. Ha:
«Ular sendan yaxshilikdan avval yomonlik keltirishni talab qilurlar».
Ular oyat-belgilarga nazar solmaganlari kabi, oʻtgan qavmlarning oqibatlaridan ham ibrat olmayaptilar:
«Holbuki, ulardan avval misollar oʻtmishdir».
Ularga oʻxshagan kofir, sarkash qavmlar koʻp oʻtgan. Ular ham bularga oʻxshab Paygʻambarlarga qarshi chiqqan va turli talablar qoʻygan edilar. Oqibatda hammalari halok boʻlganlar. Endigilar avval oʻtgan misollardan ibrat olsalar, tavba qilib, toʻgʻri yoʻlga tushsalar, yaxshi boʻlar edi.
Chunki:
«Va, albatta, Robbing odamlarning zulmiga qaramay, ular uchun magʻfiratlidir».
Odamlardan baʼzilari iymon keltirmay, sarkashlik qilib, yaxshilikdan avval yomonlik keltirishni talab etadi va yana boshqa zulmlarni qiladi. Shularga qaramay, Robbing ular uchun magʻfiratlidir. Tavba qilsalar, qabul etadi. Oʻtgan gunohlarini kechiradi. Ammo tavba qilmasalar, zulmlarida davom etaversalar:
«Va, albatta, Robbing iqobi shiddatlidir».
Vaqtida oʻzini bilib tavba qilmaganlarni U zot Oʻzi shiddatli iqobga olur.