QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ar-Ra'd surasi · Oyatсураси · Оят7

وَيَقُولُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لَوْلَآ أُنزِلَ عَلَيْهِ ءَايَةٌ مِّن رَّبِّهِۦٓ ۗ إِنَّمَآ أَنتَ مُنذِرٌ ۖ وَلِكُلِّ قَوْمٍ هَادٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kufr keltirganlar: «Unga Robbidan bir mo`'jiza nozil qilinsa edi», derlar. Sen faqat ogohlantiruvchisan, xolos. Va har qavmning hidoyatchisi bordir.Куфр келтирганлар: «Унга Роббидан бир мўъжиза нозил қилинса эди», дерлар. Сен фақат огоҳлантирувчисан, холос. Ва ҳар қавмнинг ҳидоятчиси бордир.Alauddin Mansour: Kofir boʻlgan kimsalar: «Unga (Muhammadga) Parvardigori tomonidan biron oyat-moʻʼjiza nozil qilinsa edi», deydilar. Siz faqat (kofirlarni Allohning azobidan) ogohlantirguvchidirsiz. Har bir qavm uchun (Alloh yoʻliga) yetaklovchi — hidoyat qilguvchi bordir.Кофир бўлган кимсалар: «Унга (Муҳаммадга) Парвардигори томонидан бирон оят-мўъжиза нозил қилинса эди», дейдилар. Сиз фақат (кофирларни Аллоҳнинг азобидан) огоҳлантиргувчидирсиз. Ҳар бир қавм учун (Аллоҳ йўлига) етакловчи — ҳидоят қилгувчи бордир.

250-sahifa · 13-juz · 25-hizb250-саҳифа · 13-жуз · 25-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَيَقُولُva derlarва дерларٱلَّذِينَoʻshalarўшаларكَفَرُوا۟kufr keltirganlarкуфр келтирганларلَوْلَآnima uchunнима учунأُنزِلَnozil qilinmadiнозил қилинмадиعَلَيْهِungaунгаءَايَةٌۭbir oyatбир оятمِّن-dan-данرَّبِّهِۦٓ ۗRobbiРоббиإِنَّمَآfaqatфақатأَنتَsenсенمُنذِرٌۭ ۖogohlantiruvchisanогоҳлантирувчисанوَلِكُلِّva har bir uchunва ҳар бир учунقَوْمٍqavmқавмهَادٍhidoyatchisi bordirҳидоятчиси бордир
TafsirТафсир

Atrofida qanchadan-qancha moʻʼjizalar turib yana:

«Kufr keltirganlar: «Unga Robbidan bir moʻʼjiza nozil qilinsa edi», derlar».

Bunday talab ham ajablanarli. Har qadamlarida Allohning birligiga, borligiga qanchadan-qancha dalillar turibdi. Lekin ular Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga Robbidan bittagina odatdan tashqari moʻʼjiza tushishini istashadi. Bu esa, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning ixtiyoridagi ish emas. Paygʻambarning vazifasini Robbisi:

«Sen faqat ogohlantiruvchisan, xolos», deb belgilab qoʻygan.

Ha, Paygʻambar kishilarni kufrning, isyonning va gunohkorlikning oqibatidan ogohlantiradi, xolos. U odamlar soʻragan moʻʼjizalarni keltirishga masʼul emas. U ham boshqa Paygʻambarlarga oʻxshab yuborilgan bir Paygʻambar, xolos.

«Va har qavmning hidoyatchisi bordir.»

Yaʼni, har bir qavmning oʻz Paygʻambari kelgandir.

Bundan keyingi oyatlarda eʼtibor kishilarning oʻzlariga, ularning his-tuygʻulariga va boshqa jonzotlarga qaratiladi: