ٱللَّهُ يَعْلَمُ مَا تَحْمِلُ كُلُّ أُنثَىٰ وَمَا تَغِيضُ ٱلْأَرْحَامُ وَمَا تَزْدَادُ ۖ وَكُلُّ شَىْءٍ عِندَهُۥ بِمِقْدَارٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh har bir urg`ochining homilasini hamda bachadonlar nuqson yoki ziyoda qiladigan narsalarni biladir. Har bir narsa Uning huzurida o`lchovlidir.Аллоҳ ҳар бир урғочининг ҳомиласини ҳамда бачадонлар нуқсон ёки зиёда қиладиган нарсаларни биладир. Ҳар бир нарса Унинг ҳузурида ўлчовлидир.Alauddin Mansour: Faqat Allohgina har bir ayolning koʻtarib yurgan homilasini (oʻgʻilmi-qizmi, rasomi-norasomi, chiroylimi-xunukmi ekanini) ham, bachadonlar (muddatidan ilgari) tashlaydigan bolani ham, (toʻqqiz oydan) ortiqroq turib qoladigan bolani ham bilur. U Zot dargohida har bir narsa oʻlchovlidir.Фақат Аллоҳгина ҳар бир аёлнинг кўтариб юрган ҳомиласини (ўғилми-қизми, расоми-норасоми, чиройлими-хунукми эканини) ҳам, бачадонлар (муддатидан илгари) ташлайдиган болани ҳам, (тўққиз ойдан) ортиқроқ туриб қоладиган болани ҳам билур. У Зот даргоҳида ҳар бир нарса ўлчовлидир.
Alloh hamma narsani bilguvchi Zotdir. U, hatto, odatda koʻpchilik payqamaydigan narsalarni ham biladi.
«Alloh har bir urgʻochining homilasini» biladi.
Dunyodagi barcha jonzotlarning urgʻochisi qachon homilador boʻlishini, boʻlganini va shu homilaning oʻzini batamom biladi. Uning holatini, kelajagini va unga tegishli har bir hodisani biladi.
«...hamda bachadonlar nuqson yoki ziyoda qiladigan narsalarni biladir.»
Homilada biron nuqson boʻlsa, muddatidan kam turadigan boʻlsa, biladi. Yoxud bachadondagi homilada biror ziyodalik boʻlsa yoki muddatidan ortiq turadigan boʻlsa ham, biladi.
«Har bir narsa Uning huzurida oʻlchovlidir.»
Hamma narsaning oʻlchovi bordir. Har bir narsaga Alloh tomonidan taqdir belgilab qoʻyilgandir. Har bir narsa oʻsha oʻlchovga, belgiga muvofiq turadi. Hech bir narsa bu oʻlchov va belgidan tashqariga chiqa olmaydi. Alloh taoloning ilmining cheki yoʻqdir.