QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ar-Ra'd surasi · Oyatсураси · Оят12

هُوَ ٱلَّذِى يُرِيكُمُ ٱلْبَرْقَ خَوْفًا وَطَمَعًا وَيُنشِئُ ٱلسَّحَابَ ٱلثِّقَالَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U sizlarga chaqmoqni xavf va tama' qilib ko`rsatur va og`ir bulutlarni paydo qilur.У сизларга чақмоқни хавф ва тамаъ қилиб кўрсатур ва оғир булутларни пайдо қилур.Alauddin Mansour: (Ey odamlar, Alloh) sizlarga (momaqaldiroqdan) qoʻrqqan va (yomgʻir yogʻishidan) umidvor boʻlgan holingizda chaqmoqni koʻrgizadigan va vazmin bulutlarni paydo qiladigan Zotdir.(Эй одамлар, Аллоҳ) сизларга (момақалдироқдан) қўрққан ва (ёмғир ёғишидан) умидвор бўлган ҳолингизда чақмоқни кўргизадиган ва вазмин булутларни пайдо қиладиган Зотдир.

250-sahifa · 13-juz · 25-hizb250-саҳифа · 13-жуз · 25-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
هُوَUУٱلَّذِىoʻsha zotdirўша зотдирيُرِيكُمُsizlarga koʻrsatadiсизларга кўрсатадиٱلْبَرْقَchaqmoqniчақмоқниخَوْفًۭاxavf qilibхавф қилибوَطَمَعًۭاva tamaʼ qilibва тамаъ қилибوَيُنشِئُva paydo qiladiва пайдо қиладиٱلسَّحَابَbulutlarniбулутларниٱلثِّقَالَogʻirоғир
TafsirТафсир

Alloh taolo, faqat Uning Oʻzigina, sizlarga chaqmoqni xavf– qoʻrqinch qilib koʻrsatadi. Chaqmoq chaqqanda har bir insonni qoʻrquv bosadi. Biror narsani urmasaydi, deb xavfsiraydi. Shu bilan bir paytda oʻsha odamning oʻzi chaqmoq chaqishiga tamaʼ–umidvorlik ila qaraydi. Chunki chaqmoq chaqishi tufayli havodagi baʼzi unsurlar oʻsimliklarga foyda beruvchi moddalarga aylanib, yomgʻir ila yerga tushadi. Boshqacha qilib aytadigan boʻlsak, chaqmoq chaqqanda havodagi kislorodni kuydirib azotga aylantiradi. Oʻsha azot moddasi chaqmoqdan keyingi yomgʻir ila yerga tushib oʻgʻitga aylanadi. Chaqmoq chaqib, yomgʻir yoqqandan keyin yer yuzi yashnab, oʻsimliklarning gurkirab ketishi oʻshandan. Ana oʻshani tushunib yetgan kishilar chaqmoq chaqqanda qoʻrqish bilan birga, u oʻsimliklarga foyda berishidan umidvor ham boʻlib turadilar.

Ha, aynan shuning uchun, insonlar chaqmoq chaqqanda rizq-roʻzlariga baraka kirishidan umidvor boʻladilar.

Bu narsani odamlarga ham xavfli, ham umidvorli qilgan kim? Albatta, Alloh.

«Va ogʻir bulutlarni paydo qilur.»

Yaʼni, yomgʻir yogʻadigan bulutlarni vujudga keltiradi. Buni ham faqat Alloh taoloning Oʻzigina qiladi.