لَهُۥ دَعْوَةُ ٱلْحَقِّ ۖ وَٱلَّذِينَ يَدْعُونَ مِن دُونِهِۦ لَا يَسْتَجِيبُونَ لَهُم بِشَىْءٍ إِلَّا كَبَـٰسِطِ كَفَّيْهِ إِلَى ٱلْمَآءِ لِيَبْلُغَ فَاهُ وَمَا هُوَ بِبَـٰلِغِهِۦ ۚ وَمَا دُعَآءُ ٱلْكَـٰفِرِينَ إِلَّا فِى ضَلَـٰلٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Haq da'vati Unikidir. Undan o`zgaga duo qilayotganlarga esa, hech bir narsada ijobat etmaslar. Magar, ikki kaftini suvga uzatib, suv og`ziga yetishini kutgan odamga o`xsharlar. Holbuki, unga yetmas. Kofirlarning duosi zalolatdan o`zga hech narsa emasdir.Ҳақ даъвати Уникидир. Ундан ўзгага дуо қилаётганларга эса, ҳеч бир нарсада ижобат этмаслар. Магар, икки кафтини сувга узатиб, сув оғзига етишини кутган одамга ўхшарлар. Ҳолбуки, унга етмас. Кофирларнинг дуоси залолатдан ўзга ҳеч нарса эмасдир.Alauddin Mansour: Haqiqiy duo-iltijo faqat Unga qilinur. Undan oʻzga (mushriklar) duo-iltijo qilayotgan butlar u mushriklarning bironta duosini mustajob qilmas. Illo ular bir kimsaga oʻxshaydilarki, u kimsa kaftlarini suvga yozib, u suv ogʻziga yetishini kutib turar. Holbuki, u (suv) uning ogʻziga yetguvchi emasdir. (Yaʼni, xuddi suv jonsiz narsa boʻlgani tufayli tashna kishining holidan bexabar boʻlishi, binobarin, uning ogʻziga borib yetmagani kabi u mushriklar duo-iltijo qiladigan butlari ham jonsiz narsa boʻlganlari sababli ularning duolarini eshitmas — mustajob qilmas.) Bunday kofirlarning duolari mutlaqo xato — befoydadir.Ҳақиқий дуо-илтижо фақат Унга қилинур. Ундан ўзга (мушриклар) дуо-илтижо қилаётган бутлар у мушрикларнинг биронта дуосини мустажоб қилмас. Илло улар бир кимсага ўхшайдиларки, у кимса кафтларини сувга ёзиб, у сув оғзига етишини кутиб турар. Ҳолбуки, у (сув) унинг оғзига етгувчи эмасдир. (Яъни, худди сув жонсиз нарса бўлгани туфайли ташна кишининг ҳолидан бехабар бўлиши, бинобарин, унинг оғзига бориб етмагани каби у мушриклар дуо-илтижо қиладиган бутлари ҳам жонсиз нарса бўлганлари сабабли уларнинг дуоларини эшитмас — мустажоб қилмас.) Бундай кофирларнинг дуолари мутлақо хато — бефойдадир.
Yuqoridagi oyati karimalarda Alloh taoloning qudrati, ilmi, tadbiri, yaratuvchiligi va boshqa barkamol sifatlariga dalolat qiluvchi maʼnolar keltirildi. Endi duo, iltijo va yolborib soʻrash faqat Allohdangina boʻlishi zarurligi, undan boshqaga qilingan duo, iltijo va yolborishlar behuda ekanligi bayon etilmoqda.
«Haq daʼvati Unikidir.»
Yaʼni, haqiqiy duo, yolborish, iltijo va biror narsani soʻrash Allohnikidir, bu amallar faqat Ungagina boʻlishi lozim. Faqat U zotgina duolarni qabul qiladi, yolvorishlarni eshitadi, iltijolarga javob beradi va soʻralgan narsalarni muhayyo qiladi. Undan boshqa bu ishni qiladigan hech bir zot yoʻq.
«Undan oʻzgaga duo qilayotganlarga esa, hech bir narsada ijobat etmaslar.»
Yaʼni, duo qilgan narsalari va shaxslari ularning duolariga javob bera olmaydilar. Koʻpchilik «Allohdan oʻzga duo qilinadigan narsa» deganda butlarni tushunadi. Lekin oyatda muayyan qilib emas, umumiy qilib, «Allohdan oʻzgaga duo qiladiganlar», deyilgan. U faqat yogʻoch yoki toshdan yasalgan but boʻlishi shart emas. Allohdan oʻzga nima boʻlsa, tushunilaveradi. Quyoshga, oyga, yulduzlarga, baʼzi hayvonlarga, insonlarga va hatto qabrda yotgan oʻliklarga iltijo etayotganlar bor. Ular Allohdan oʻzga nimaga, kimga duo qilsa, qilsinlar, ammo oʻsha duoni qaratgan narsalari ularning duosini oʻrinlata olmaydilar. Allohdan oʻzgaga duo qilganlar, xuddi:
«ikki kaftini suvga uzatib, suv ogʻziga yetishini kutgan odamga oʻxsharlar. Holbuki, unga yetmas».
Yaʼni, ular xuddi qoʻlini uzoqdan suvga uzatib, ogʻzimga suv yetsa edi, deb kutib turgan odamga oʻxshaydilar. Qoʻli suvga yetmaydi-yu, ogʻzi qanday qilib yetar edi. Ular duo qilayotgan narsalarning oʻzlari duoga muhtojlar-u, qanday qilib ularning duosini oʻrinlatadilar. Shuning uchun ham:
«Kofirlarning duosi zalolatdan oʻzga hech narsa emas».
Kofir oʻzi zalolatda boʻlgani uchun, duosi ham zalolatdan oʻzga hech narsa emas. Ular Allohdan oʻzga turli behuda narsalarga duo qiladilar, ularga ibodat qiladilar. Holbuki: