QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ar-Ra'd surasi · Oyatсураси · Оят15Sajda oyatiСажда ояти

وَلِلَّهِ يَسْجُدُ مَن فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ طَوْعًا وَكَرْهًا وَظِلَـٰلُهُم بِٱلْغُدُوِّ وَٱلْـَٔاصَالِ ۩

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohga osmonlaru yerlardagi kimsalar va ularning soyalari xoh istasinlar, xoh istamasinlar, ertayu kech sajda qilurlar.Аллоҳга осмонлару ерлардаги кимсалар ва уларнинг соялари хоҳ истасинлар, хоҳ истамасинлар, эртаю кеч сажда қилурлар.Alauddin Mansour: Osmonlar va Yerdagi barcha jonzot va ularning soyalari xoh istasinlar, xoh istamasinlar, erta-yu kech faqat Allohgagina sajda qiladilar — boʻysunadilar.Осмонлар ва Ердаги барча жонзот ва уларнинг соялари хоҳ истасинлар, хоҳ истамасинлар, эрта-ю кеч фақат Аллоҳгагина сажда қиладилар — бўйсунадилар.

251-sahifa · 13-juz · 25-hizb251-саҳифа · 13-жуз · 25-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلِلَّهِva Allohgaва Аллоҳгаيَسْجُدُsajda qilurlarсажда қилурларمَنkimsalarкимсаларفِى-dagi-дагиٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarосмонларوَٱلْأَرْضِva yerва ерطَوْعًۭاxoh istasinlarхоҳ истасинларوَكَرْهًۭاxoh istamasinlarхоҳ истамасинларوَظِلَـٰلُهُمva ularning soyalariва уларнинг соялариبِٱلْغُدُوِّertayuэртаюوَٱلْـَٔاصَالِ ۩va kechва кеч
TafsirТафсир

«Osmonlardagi kimsalar» farishtalar va yana ularga oʻxshaganoʻxshamagan yoki umuman boshqa maxluqlar boʻlishi mumkin. «Yerdagi kimsalar» deganda esa, insonlar va jinlar tushuniladi. Ularning hammasi, xohlasalar ham, xohlamasalar ham, Alloh taologa sajda qiladilar, unga taslimdirlar, u joriy etgan qonunlarga boʻyinsunib yashaydilar. Nafaqat ularning tanalari, balki soyalari ham Allohning amriga ertayu kech boʻyinsunadilar–sajda qiladilar. Birorta soya oʻz egasining xohishiga binoan tushmaydi, uning xohlaganicha ham boʻlmaydi. Agar shu narsalarni mulohaza qilib, oʻzlarini oʻnglab olmasalar, kofirlar juda ham anqov ekanlar. Unda ularga quyidagi oyatda keladigan savollarni berish kerak:

Ey Paygʻambar!