أَفَمَنْ هُوَ قَآئِمٌ عَلَىٰ كُلِّ نَفْسٍۭ بِمَا كَسَبَتْ ۗ وَجَعَلُوا۟ لِلَّهِ شُرَكَآءَ قُلْ سَمُّوهُمْ ۚ أَمْ تُنَبِّـُٔونَهُۥ بِمَا لَا يَعْلَمُ فِى ٱلْأَرْضِ أَم بِظَـٰهِرٍ مِّنَ ٱلْقَوْلِ ۗ بَلْ زُيِّنَ لِلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مَكْرُهُمْ وَصُدُّوا۟ عَنِ ٱلسَّبِيلِ ۗ وَمَن يُضْلِلِ ٱللَّهُ فَمَا لَهُۥ مِنْ هَادٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Har bir jonning qilgan kasbi ustida turuvchi zot kim? Allohga shirk keltirdilar. Sen: «Ularning nomlarini ayting. Yoki Unga yer yuzida U bilmaydigan narsaning xabarini berasizlarmi? Balki, yuzaki gapdir», degin. Yo`q, kufr keltirganlarga makrlari ziynatlab ko`rsatildi va ular yo`ldan to`sdilar. Alloh kimni zalolatga ketkazsa, unga hech bir hidoyatchi bo`lmas.Ҳар бир жоннинг қилган касби устида турувчи зот ким? Аллоҳга ширк келтирдилар. Сен: «Уларнинг номларини айтинг. Ёки Унга ер юзида У билмайдиган нарсанинг хабарини берасизларми? Балки, юзаки гапдир», дегин. Йўқ, куфр келтирганларга макрлари зийнатлаб кўрсатилди ва улар йўлдан тўсдилар. Аллоҳ кимни залолатга кетказса, унга ҳеч бир ҳидоятчи бўлмас.Alauddin Mansour: Har bir jonning qilgan amali ustidan (kuzatib) turguvchi Zot hech narsani koʻrmaydigan, eshitmaydigan jonsiz butlarga oʻxshaydimi?» Ular (turli mahluqlarni) Allohga sherik qilib oldilar. (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, ularga) ayting: «U butlaringizning nomlarini (va ularning qoʻllaridan keladigan ishlarini) aytinglar-chi? Balki (Allohga) Yer yuzidagi bilmaydigan biron narsasining xabarini berarsizlar?! Yoki faqat yuzaki gap bilan (yaʼni, hech qanday ish-amal qoʻlidan kelmaydigan jonsiz narsalarni quruq soʻzlarga ishonib xudo deb sigʻinib yuribsizlarmi?») Yoʻq. Kufr yoʻlini tutgan kimsalarga oʻzlarining makr-aldovlari chiroyli koʻrasatildi va ular haqiqat yoʻlidan toʻsildilar. Kimni Alloh yoʻldan ozdirsa, uning uchun biron hidoyat qilguvchi boʻlmas.Ҳар бир жоннинг қилган амали устидан (кузатиб) тургувчи Зот ҳеч нарсани кўрмайдиган, эшитмайдиган жонсиз бутларга ўхшайдими?» Улар (турли маҳлуқларни) Аллоҳга шерик қилиб олдилар. (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, уларга) айтинг: «У бутларингизнинг номларини (ва уларнинг қўлларидан келадиган ишларини) айтинглар-чи? Балки (Аллоҳга) Ер юзидаги билмайдиган бирон нарсасининг хабарини берарсизлар?! Ёки фақат юзаки гап билан (яъни, ҳеч қандай иш-амал қўлидан келмайдиган жонсиз нарсаларни қуруқ сўзларга ишониб худо деб сиғиниб юрибсизларми?») Йўқ. Куфр йўлини тутган кимсаларга ўзларининг макр-алдовлари чиройли кўрасатилди ва улар ҳақиқат йўлидан тўсилдилар. Кимни Аллоҳ йўлдан оздирса, унинг учун бирон ҳидоят қилгувчи бўлмас.
Ushbu oyati karimaning birinchi jumlasi haqida ulamolar turlicha fikr aytganlar. Toʻgʻrirogʻi, jumlaning zikr qilinmagan qismi haqida fikrlar xilma-xil boʻlgan. Biz oʻshalardan birini oldik.
«Har bir jonning qilgan kasbi ustida turuvchi zot kim?»
Yaʼni, har bir jonning nima qilayotganini har doim bilib, koʻrib, kuzatib, hisobga olib turuvchi kim? Albatta, Alloh. Bu haqiqatni idrok qilgan har bir jon oʻzini oʻnglab olishi kerak. Ammo baʼzi odamlar:
«Allohga shirk keltirdilar».
Oʻshanday sifatlarga ega boʻlgan Allohga hech narsaga arzimaydigan maxluqlarni sherik deb eʼtiqod qildilar. Ular nimalar oʻzi? Ey Paygʻambarim, oʻsha mushriklarga:
«Ularning nomlarini ayting», degin.
Nima ekan oʻzi oʻsha sheriklar. Nomlari bormikan?
«Yoki Unga yer yuzida U bilmaydigan narsaning xabarini berasizlarmi?» degin.
Yaʼni, ey mushriklar! Siz Allohga U bilmaydigan narsaning xabarini berasizlarmi? Yer yuzida Unga sherik boʻladigan boshqa xudolar bor ekan-u, U zot bilmasmikan?
«Balki, yuzaki gapdir», degin.
Yaʼni, shirk toʻgʻrisida aytayotgan gapingiz asossiz, yuzaki gapdir.
«Yoʻq, kufr keltirganlarga makrlari ziynatlab koʻrsatildi va ular yoʻldan toʻsildilar.»
Demak, gap boshqa yoqda ekan. Kofirlarning dinu diyonatga qarshi qilayotgan makr-hiylalari ularga ziynatlab koʻrsatilibdi. Ular, bu qilayotgan ishimiz toʻgʻri va goʻzaldir, deb oʻyladilar. Makr-hiylalarida davom etaverdilar. Oqibatda esa, Allohning yoʻlidan toʻsildilar. Zalolatga ketdilar.
«Alloh kimni zalolatga ketkazsa, unga hech bir hidoyatchi boʻlmas.»
Chunki, ular qilmishlariga yarasha, Allohning diniga qarshi makr-hiyla ishlatganlari sababidan jazoga mubtalo boʻldilar. Alloh ularga makr-hiylalarini ziynatlab koʻrsatdi va ularni shu yoʻl bilan zalolatga ketkazdi. Odatda, bunday boʻlganlarga hech bir hidoyatchi topilmaydi. Ular ikki dunyoning badbaxtligiga uchraydilar.