QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ar-Ra'd surasi · Oyatсураси · Оят32

وَلَقَدِ ٱسْتُهْزِئَ بِرُسُلٍ مِّن قَبْلِكَ فَأَمْلَيْتُ لِلَّذِينَ كَفَرُوا۟ ثُمَّ أَخَذْتُهُمْ ۖ فَكَيْفَ كَانَ عِقَابِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, sendan oldin ham Payg`ambarlar masxara qilinganlar. Bas, kufr keltirganlarga muhlat berdim. So`ngra, ularni ushladim. Bas, iqobim qandoq bo`lgan edi?!Батаҳқиқ, сендан олдин ҳам Пайғамбарлар масхара қилинганлар. Бас, куфр келтирганларга муҳлат бердим. Сўнгра, уларни ушладим. Бас, иқобим қандоқ бўлган эди?!Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), sizdan avvalgi paygʻambarlarning ustidan ham kulib-masxara qilinganida, Men oʻsha (paygʻambarlarini yolgʻonchi qilib) kufr yoʻlini tutgan kimsalarga (bir oz) muhlat berib, soʻngra ularni (Oʻzimning azobim bilan) ushlaganman. Soʻng ularni qanday jazolaganimni (bilursiz).(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), сиздан аввалги пайғамбарларнинг устидан ҳам кулиб-масхара қилинганида, Мен ўша (пайғамбарларини ёлғончи қилиб) куфр йўлини тутган кимсаларга (бир оз) муҳлат бериб, сўнгра уларни (Ўзимнинг азобим билан) ушлаганман. Сўнг уларни қандай жазолаганимни (билурсиз).

253-sahifa · 13-juz · 26-hizb253-саҳифа · 13-жуз · 26-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَقَدِva batahqiqва батаҳқиқٱسْتُهْزِئَmasxara qilinganlarмасхара қилинганларبِرُسُلٍۢPaygʻambarlarПайғамбарларمِّن-dan-данقَبْلِكَsendan oldinсендан олдинفَأَمْلَيْتُbas, muhlat berdimбас, муҳлат бердимلِلَّذِينَkimsalargaкимсаларгаكَفَرُوا۟kufr keltirganкуфр келтирганثُمَّsoʻngraсўнграأَخَذْتُهُمْ ۖularni ushladimуларни ушладимفَكَيْفَbas, qandoqбас, қандоқكَانَboʻlgan ediбўлган эдиعِقَابِiqobimиқобим
TafsirТафсир

Kofirlarning Paygʻambarlarni masxara qilishi yangilik emas. Ularning hamishalik ishi bu. Binobarin, u nozil boʻlsin, bu nozil boʻlsin, oyat-moʻʼjiza kelsin, deb seni masxara qilishsa, hazin boʻlma. «Batahqiq, sendan oldin ham Paygʻambarlar masxara qilinganlar.» Ular bir oz amal qilib tursinlar. Odat shunaqa. Qadimda ham: «Bas, kufr keltirganlarga muhlat berdim». Ular bu muhlatdan oʻzlarini oʻnglab olishlik uchun foydalanmadilar. Kufr va sarkashlikda davom etdilar. «Soʻngra, ularni ushladim. Bas, iqobim qandoq boʻlgan edi?!» Keyingi kofirlarga ham shunday qilishim oson. Shu oyatlar bilan vahiy haqidagi bayon tugab, endi shirk masalasi ustida soʻz ketadi: