QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ar-Ra'd surasi · Oyatсураси · Оят31

وَلَوْ أَنَّ قُرْءَانًا سُيِّرَتْ بِهِ ٱلْجِبَالُ أَوْ قُطِّعَتْ بِهِ ٱلْأَرْضُ أَوْ كُلِّمَ بِهِ ٱلْمَوْتَىٰ ۗ بَل لِّلَّهِ ٱلْأَمْرُ جَمِيعًا ۗ أَفَلَمْ يَا۟يْـَٔسِ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ أَن لَّوْ يَشَآءُ ٱللَّهُ لَهَدَى ٱلنَّاسَ جَمِيعًا ۗ وَلَا يَزَالُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ تُصِيبُهُم بِمَا صَنَعُوا۟ قَارِعَةٌ أَوْ تَحُلُّ قَرِيبًا مِّن دَارِهِمْ حَتَّىٰ يَأْتِىَ وَعْدُ ٱللَّهِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُخْلِفُ ٱلْمِيعَادَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar Qur'on ila tog`lar jildiriladigan, yer parchalanadigan yoki o`liklar tilga kiritiladigan bo`lganida (imkoni bor edi). Ammo, ishning barchasi Allohga xosdir. Iymon keltirganlar, agar Alloh xohlasa, odamlarning hammasini hidoyat qila olishini bilmadilarmi? Kufr keltirganlarga, to Allohning va'dasi kelguncha, o`z ishlari sababli mudom larzaga soluvchi musiybatlar yetar yoki ularning diyorlari yaqiniga tushib turar. Albatta, Alloh va'daga xilof qilmas.Агар Қуръон ила тоғлар жилдириладиган, ер парчаланадиган ёки ўликлар тилга киритиладиган бўлганида (имкони бор эди). Аммо, ишнинг барчаси Аллоҳга хосдир. Иймон келтирганлар, агар Аллоҳ хоҳласа, одамларнинг ҳаммасини ҳидоят қила олишини билмадиларми? Куфр келтирганларга, то Аллоҳнинг ваъдаси келгунча, ўз ишлари сабабли мудом ларзага солувчи мусийбатлар етар ёки уларнинг диёрлари яқинига тушиб турар. Албатта, Аллоҳ ваъдага хилоф қилмас.Alauddin Mansour: Agar bir Qurʼon boʻlib, uning yordami bilan togʻlar joyidan jildirilsa, yo uning yordami bilan Yer yorilib (daryolar paydo qilinsa, yoki uning yordami bilan oʻliklar tilga kiritilsa ham (kofir boʻlgan kimsalar iymon keltirmaydilar). Yoʻq, barcha ish yolgʻiz Allohning (ilkidadir. Yaʼni, Alloh xohlasa iymon keltiradilar, agar U zot xohlamas ekan, barcha talablari bajo qilinganida ham ular iymon keltirmaydilar). Iymon keltirgan kishilar agar Alloh xohlasa, shak-shubhasiz, (biron moʻʼjiza nozil qilmasdanoq) barcha odamlarni hidoyat qilishini (bu Alloh uchun hech narsa emasligini) bilmadilarmi? (Lekin Allohning Oʻzigina biladigan hikmat sababli U zot hidoyat yoʻliga yurish yo yurmaslikni bandalarining ixtiyoriga tashlab qoʻygandir). To Allohning vaʼdasi kelgunicha (yaʼni, Makka musulmonlar tarafidan fath qilinguncha ham) kufr yoʻlini tutgan kimsalarga oʻzlarining qilgan qiliqlari sababli mudom turli ofat-balolar yetar yoki ularning diyorlariga yaqin joylarga (kulfat) tushib (ularni bezovta, behalovat qilur). Albatta, Alloh vaʼdasiga xilof qilmas.Агар бир Қуръон бўлиб, унинг ёрдами билан тоғлар жойидан жилдирилса, ё унинг ёрдами билан Ер ёрилиб (дарёлар пайдо қилинса, ёки унинг ёрдами билан ўликлар тилга киритилса ҳам (кофир бўлган кимсалар иймон келтирмайдилар). Йўқ, барча иш ёлғиз Аллоҳнинг (илкидадир. Яъни, Аллоҳ хоҳласа иймон келтирадилар, агар У зот хоҳламас экан, барча талаблари бажо қилинганида ҳам улар иймон келтирмайдилар). Иймон келтирган кишилар агар Аллоҳ хоҳласа, шак-шубҳасиз, (бирон мўъжиза нозил қилмасданоқ) барча одамларни ҳидоят қилишини (бу Аллоҳ учун ҳеч нарса эмаслигини) билмадиларми? (Лекин Аллоҳнинг Ўзигина биладиган ҳикмат сабабли У зот ҳидоят йўлига юриш ё юрмасликни бандаларининг ихтиёрига ташлаб қўйгандир). То Аллоҳнинг ваъдаси келгунича (яъни, Макка мусулмонлар тарафидан фатҳ қилингунча ҳам) куфр йўлини тутган кимсаларга ўзларининг қилган қилиқлари сабабли мудом турли офат-балолар етар ёки уларнинг диёрларига яқин жойларга (кулфат) тушиб (уларни безовта, беҳаловат қилур). Албатта, Аллоҳ ваъдасига хилоф қилмас.

253-sahifa · 13-juz · 26-hizb253-саҳифа · 13-жуз · 26-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَوْva agarва агарأَنَّboʻlsa ediбўлса эдиقُرْءَانًۭاbiror Qurʼonбирор Қуръонسُيِّرَتْjildiriladigan boʻlganidaжилдириладиган бўлганидаبِهِu ilaу илаٱلْجِبَالُtogʻlarтоғларأَوْyokiёкиقُطِّعَتْparchalanganidaпарчаланганидаبِهِu ilaу илаٱلْأَرْضُyerерأَوْyokiёкиكُلِّمَtilga kiritilganidaтилга киритилганидаبِهِu ilaу илаٱلْمَوْتَىٰ ۗoʻliklarўликларبَلyoʻq, ammoйўқ, аммоلِّلَّهِAllohga xosdirАллоҳга хосдирٱلْأَمْرُish (amr)иш (амр)جَمِيعًا ۗbarchasiбарчасиأَفَلَمْbas, ...emasmiбас, ...эмасмиيَا۟يْـَٔسِbildilarбилдиларٱلَّذِينَkimsalarкимсаларءَامَنُوٓا۟iymon keltirganиймон келтирганأَن-ki, albatta-ки, албаттаلَّوْagarагарيَشَآءُxohlasaхоҳласаٱللَّهُAllohАллоҳلَهَدَىalbatta hidoyat qilardiалбатта ҳидоят қилардиٱلنَّاسَodamlarniодамларниجَمِيعًۭا ۗhammasiniҳаммасиниوَلَاva emasва эмасيَزَالُtoʻxtar (mudom)тўхтар (мудом)ٱلَّذِينَkimsalargaкимсаларгаكَفَرُوا۟kufr keltirganкуфр келтирганتُصِيبُهُمularga yetib turarуларга етиб турарبِمَا-sababli-сабаблиصَنَعُوا۟qilgan ishlariқилган ишлариقَارِعَةٌlarzaga soluvchi musibatларзага солувчи мусибатأَوْyokiёкиتَحُلُّtushib turarтушиб турарقَرِيبًۭاyaqinigaяқинигаمِّن-dan-данدَارِهِمْularning diyorlariуларнинг диёрлариحَتَّىٰtoтоيَأْتِىَkelgunchaкелгунчаوَعْدُvaʼdasiваъдасиٱللَّهِ ۚAllohningАллоҳнингإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳلَاemasэмасيُخْلِفُxilof qilarхилоф қиларٱلْمِيعَادَvaʼdagaваъдага
TafsirТафсир

Allohning oxirgi samoviy kitobi, abadiy moʻʼjizasi boʻlgan Qurʼoni Karimning xususiyatlari koʻpdir. Uning quvvati, taʼsiri ham ajoyibdir.

«Agar Qurʼon ila togʻlar jildiriladigan, yer parchalanadigan», boʻlishini iroda qilinganida, bu ishlar boʻlar edi.

«yoki oʻliklar tilga kiritiladigan boʻlganida», ular ham tilga kirardi.

«Ammo, ishning barchasi Allohga xosdir.»

Shu jumladan, Qurʼonning ishi ham Allohga xosdir. Alloh Qurʼonni odamlarga xitob etish uchun, ularning qalblariga taʼsir oʻtkazish uchun nozil etdi. Bu bilan esa, togʻlarni joyidan jildirishdan, yerni parchalashdan yoki oʻliklarni tilga kiritishdan koʻra ulkanroq ishlar qilindi. Butun dunyo xalqlarining tarixi joyidan jildirildi, qalblardagi, fikrlardagi toshlar, muzlar parchalandi va xalqlarning ruhiga jon kirdi.

Ana shunday xususiyatga ega Qurʼonni oʻqib, eshitib va bilib turib ham, iymonga kelmaydiganlardan moʻminlar ajablansinlar. Ularning ishini Allohga havola qilsinlar.

«Iymon keltirganlar, agar Alloh xohlasa, odamlarning hammasini hidoyat qila olishini bilmadilarmi?»

Yaʼni, bu haqiqatni bilishlari kerak. Agar xohlasa, Alloh taolo odamlarni ham farishtalarga oʻxshatib faqat hidoyatgagina isteʼdodli qilib yaratgan boʻlardi. Yoki hamma odamlarni hidoyatga majbur etishi ham mumkin edi. Lekin Alloh unday qilmadi. Maʼlum vazifani bajarishi lozimligini eʼtiborga olib, insonni oʻshanga qobiliyatli qilib yaratdi. Shu boiski, bosh tortganlarida ularni bir yoʻla halok qilib yuborishni istamay, hammalarining hidoyatiga sabab boʻladigan katta moʻʼjiza tushirishni xohladi. Balki:

«Kufr keltirganlarga, to Allohning vaʼdasi kelguncha, oʻz ishlari sababli mudom larzaga soluvchi musiybatlar yetar...»

Yaʼni, Allohning vaʼdasi–qiyomat kelguncha ularning es-hushini joyiga keltiruvchi musiybatlar boshlariga tushib turadi. Bu musiybatlar ularning qilgan ishlari tufayli tushadi.

«...yoki ularning diyorlari yaqiniga tushib turar.»

Yoki es-hushni joyiga keltiruvchi oʻsha musiybatlar dunyoning boshqa joylariga tushadi. Oʻsha kofir va osiy bandalar yashayotgan diyorlarga yaqin joylarga tushadi. Toki ular oʻsha musiybatlarni koʻrib, vaʼz-nasihat olib, oʻzlariga kelsinlar va iymon keltirsinlar.

«Albatta, Alloh vaʼdaga xilof qilmas.»

Shuning uchun, U zot vaʼda qilgan qiyomat ham, larzaga soluvchi musiybatlar ham albatta sodir boʻladi.

Ushbu oyati karimaning birinchi boʻlimidagi maʼnoni tasdiqlovchi hadisi sharifni imom Buxoriy rahmatullohi alayhi Rasuli akram sollallohu alayhi vasallamdan quyidagicha rivoyat qilganlar:

«Har bir Nabiyga odamlar iymonga kelishiga sabab boʻlgan narsa (moʻʼjiza) berilgan. Haqiqatda menga berilgan narsa esa, Alloh menga yuborgan vahiy boʻladi. Men qiyomat kuni Nabiylar ichida ummati eng koʻpi boʻlishni umid qilaman».

Yaʼni, har bir Paygʻambarga oʻz zamoniga mos, kishilarni lol qoldirib, iymonga chorlovchi moʻʼjiza berilgan. Mening oʻshanday moʻʼjizam Alloh menga yuborgan vahiy–Qurʼon boʻldi. Har bir Paygʻambarning moʻʼjizasi uning oʻlimi ila bitdi. Ammo bu Qurʼon abadiy, boqiydir. Shuning uchun, u zot sollallohu alayhi vasallam oʻzlariga ergashuvchilarning, yaʼni ummatlarining koʻp boʻlishini orzu qildilar.

Termiziy al-Horis al-Aʼvardan rivoyat qilgan hadisda Qurʼoni Karimning vasfida quyidagilar aytiladi: «Qurʼonning ajoyibotlari tugamas, u koʻp takror boʻlishdan eskirmas, ulamolar undan toʻymas, u hazil emas, balki fasl–ayrim qiluvchidir, kim uni bir jabbordan qoʻrqib tark etsa, Alloh uni sindiradi. Kim undan boshqadan hidoyat izlasa, Alloh uni zalolatga ketkazadi».

Mana shunday holatda ham iymonga kelmaydiganlar, Paygʻambarni masxara qiluvchilar bor. Lekin, ey Paygʻambarim, sen ularning bu qilmishlariga xafa boʻlma: