QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ar-Ra'd surasi · Oyatсураси · Оят30

كَذَٰلِكَ أَرْسَلْنَـٰكَ فِىٓ أُمَّةٍ قَدْ خَلَتْ مِن قَبْلِهَآ أُمَمٌ لِّتَتْلُوَا۟ عَلَيْهِمُ ٱلَّذِىٓ أَوْحَيْنَآ إِلَيْكَ وَهُمْ يَكْفُرُونَ بِٱلرَّحْمَـٰنِ ۚ قُلْ هُوَ رَبِّى لَآ إِلَـٰهَ إِلَّا هُوَ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ وَإِلَيْهِ مَتَابِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Shunday qilib, seni o`zlaridan oldin ham ummatlar o`tgan bir ummatga ularga o`zingga vahiy qilgan narsamizni tilovat qilib berishing uchun yubordik. Holbuki, ular Rohmanga kufr keltirurlar. Sen: «U mening Robbimdir, Undan o`zga ibodatga sazovor zot yo`q. Uning O`zigagina tavakkal qildim. Tavbam ham Uning O`zigadir», deb ayt.Шундай қилиб, сени ўзларидан олдин ҳам умматлар ўтган бир умматга уларга ўзингга ваҳий қилган нарсамизни тиловат қилиб беришинг учун юбордик. Ҳолбуки, улар Роҳманга куфр келтирурлар. Сен: «У менинг Роббимдир, Ундан ўзга ибодатга сазовор зот йўқ. Унинг Ўзигагина таваккал қилдим. Тавбам ҳам Унинг Ўзигадир», деб айт.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom) shunday qilib, Biz sizni (koʻpdan-koʻp) avlodlardan keyin kelgan bir avlodga — ular Mehribon (Alloh)ni inkor qilib turgan hollarida — Biz sizga vahiy qilgan narsalarni tilovat qilib berishingiz uchun paygʻambar qilib yubordik. Ayting: «U (Mehribon Alloh) mening Parvardigorimdir. Hech qanday iloh yoʻq, faqat Uning Oʻzi bordir. Uning Oʻziga tavakkul qildim — suyandim va Uning Oʻziga tavba-tazarru qilurman».(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом) шундай қилиб, Биз сизни (кўпдан-кўп) авлодлардан кейин келган бир авлодга — улар Меҳрибон (Аллоҳ)ни инкор қилиб турган ҳолларида — Биз сизга ваҳий қилган нарсаларни тиловат қилиб беришингиз учун пайғамбар қилиб юбордик. Айтинг: «У (Меҳрибон Аллоҳ) менинг Парвардигоримдир. Ҳеч қандай илоҳ йўқ, фақат Унинг Ўзи бордир. Унинг Ўзига таваккул қилдим — суяндим ва Унинг Ўзига тавба-тазарру қилурман».

253-sahifa · 13-juz · 26-hizb253-саҳифа · 13-жуз · 26-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
كَذَٰلِكَshunday qilibшундай қилибأَرْسَلْنَـٰكَseni yubordikсени юбордикفِىٓ-ga-гаأُمَّةٍۢbir ummatgaбир умматгаقَدْbatahqiqбатаҳқиқخَلَتْoʻtganўтганمِن-dan-данقَبْلِهَآundan oldinундан олдинأُمَمٌۭummatlarумматларلِّتَتْلُوَا۟tilovat qilib berishing uchunтиловат қилиб беришинг учунعَلَيْهِمُulargaуларгаٱلَّذِىٓnarsaniнарсаниأَوْحَيْنَآBiz vahiy qilganБиз ваҳий қилганإِلَيْكَoʻzinggaўзинггаوَهُمْholbuki, ularҳолбуки, уларيَكْفُرُونَkufr keltirurlarкуфр келтирурларبِٱلرَّحْمَـٰنِ ۚRohmangaРоҳмангаقُلْdeb aytдеб айтهُوَUУرَبِّىmening Robbimdirменинг Роббимдирلَآyoʻqйўқإِلَـٰهَibodatga sazovor zotибодатга сазовор зотإِلَّاoʻzgaўзгаهُوَUndanУнданعَلَيْهِUning OʻzigaginaУнинг Ўзигагинаتَوَكَّلْتُtavakkal qildimтаваккал қилдимوَإِلَيْهِva Uning Oʻzigadirва Унинг Ўзигадирمَتَابِtavbamтавбам
TafsirТафсир

Yaʼni, ey Muhammad, sen dunyodagi birinchi Paygʻambar emassanki, ular sening Paygʻambarligingdan hayratga tushsalar hamda bu ishni gʻaroyib sanasalar.

Holbuki, ulardan oldin ham koʻplab ummatlar oʻtgan. Ularga ham Paygʻambarlar kelgan.

«Shunday qilib, seni oʻzlaridan oldin ham ummatlar oʻtgan bir ummatga ularga oʻzingga vahiy qilgan narsamizni tilovat qilib berishing uchun yubordik».

Yaʼni, seni ham oʻsha Paygʻambarlarning bittasi qilib yubordik. Sening vazifang yuborgan oyatlarimizni ularga tilovat qilib berishdir. Ajablanarlisi shuki:

«ular Rohmanga kufr keltirurlar.»

Lekin sen bundan siqilma va eʼtibor ham berma. Ularga:

«U mening Robbimdir, Undan oʻzga ibodatga sazovor zot yoʻq. Uning Oʻzigagina tavakkal qildim. Tavbam ham Uning Oʻzigadir», deb ayt».

Yaʼni, oʻsha sizlar iymon keltirmayotgan Rohman mening Robbimdir, Parvardigorim, Roziqim, Homiyimdir. Undan boshqa ibodatga sazovor zot yoʻq. Shuning uchun, men faqat Ungagina ibodat qilaman. Undan oʻzga suyanadigan suyanchiq yoʻq. Shuning uchun, men faqat Ungagina tavakkal qildim, suyandim. Undan oʻzga tavba qiladigan zot yoʻq. Shuning uchun, faqat Uning Oʻzigagina tavba qilaman.

Ushbu Qurʼon tilovat qilinishi uchun nozil etilgani oldingi oyatda aytib oʻtildi.

Kelgusi oyati karimada esa, Qurʼoni Karimni vasf qilish davom etadi.