QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ar-Ra'd surasi · Oyatсураси · Оят38

وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا رُسُلًا مِّن قَبْلِكَ وَجَعَلْنَا لَهُمْ أَزْوَٰجًا وَذُرِّيَّةً ۚ وَمَا كَانَ لِرَسُولٍ أَن يَأْتِىَ بِـَٔايَةٍ إِلَّا بِإِذْنِ ٱللَّهِ ۗ لِكُلِّ أَجَلٍ كِتَابٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, Biz sendan oldin ham Payg`ambarlar yubordik va ularga xotinlar va zurriyotlar ato qilganmiz. Hech bir Payg`ambar Allohning iznisiz oyat-mo`'jiza keltirgan emas. Har bir ajalning o`z kitobi bordir.Батаҳқиқ, Биз сендан олдин ҳам Пайғамбарлар юбордик ва уларга хотинлар ва зурриётлар ато қилганмиз. Ҳеч бир Пайғамбар Аллоҳнинг изнисиз оят-мўъжиза келтирган эмас. Ҳар бир ажалнинг ўз китоби бордир.Alauddin Mansour: Darhaqiqat, sizdan ilgari ham (koʻp) paygʻambarlar yuborganmiz va ularga juftlar va zurriyotlar berganmiz. Biron paygʻambar uchun biron oyat-moʻʼjiza keltirish imkoni boʻlmagan, magar Allohning izni-irodasi bilangina (keltirganlar). Har bir vaqt uchun (munosib) kitob-hukm bordir.Дарҳақиқат, сиздан илгари ҳам (кўп) пайғамбарлар юборганмиз ва уларга жуфтлар ва зурриётлар берганмиз. Бирон пайғамбар учун бирон оят-мўъжиза келтириш имкони бўлмаган, магар Аллоҳнинг изни-иродаси билангина (келтирганлар). Ҳар бир вақт учун (муносиб) китоб-ҳукм бордир.

254-sahifa · 13-juz · 26-hizb254-саҳифа · 13-жуз · 26-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَقَدْva batahqiqва батаҳқиқأَرْسَلْنَاBiz yubordikБиз юбордикرُسُلًۭاPaygʻambarlarПайғамбарларمِّن-dan-данقَبْلِكَsendan oldinсендан олдинوَجَعَلْنَاva ato qildikва ато қилдикلَهُمْulargaуларгаأَزْوَٰجًۭاxotinlarхотинларوَذُرِّيَّةًۭ ۚva zurriyotlarва зурриётларوَمَاva emasва эмасكَانَboʻlganбўлганلِرَسُولٍhech bir Paygʻambarҳеч бир Пайғамбарأَن-ki-киيَأْتِىَkeltirganкелтирганبِـَٔايَةٍoyat-moʻʼjizaоят-мўъжизаإِلَّاmagarмагарبِإِذْنِizni bilanизни биланٱللَّهِ ۗAllohningАллоҳнингلِكُلِّhar birҳар бирأَجَلٍۢajalningажалнингكِتَابٌۭoʻz kitobi bordirўз китоби бордир
TafsirТафсир

Yaʼni, sening oddiy bashar boʻlishingning ajablanadigan joyi yoʻq. Birov, «Bu oʻzimizga oʻxshagan odam ekan, unga iymon keltirmayman, agar farishta boʻlganida, iymon keltirar edim», deyishga haqqi yoʻq.

«Batahqiq, Biz sendan oldin ham Paygʻambarlar yubordik va ularga xotinlar va zurriyotlar ato qilganmiz.»

Biz doimo oddiy odamlarni Paygʻambar qilib kelganmiz, farishtalarni emas. Oʻsha, sendan oldin oʻtgan Paygʻambarlarning ham senga oʻxshab oilasi, bola-chaqalari boʻlgan.

Shuningdek, ularning moʻʼjiza keltirishingni talab qilishlari, boʻlmasa, iymon keltirmaymiz, deb shart qoʻyishlari ham notoʻgʻri. Moʻʼjiza keltirish Paygʻambarning ishi emas, uning qoʻlidan kelmaydi. Sendan oldin oʻtgan Paygʻambarlar ham shunday boʻlishgan.

«Hech bir Paygʻambar Allohning iznisiz oyat-moʻʼjiza keltirgan emas.»

Moʻʼjiza keltirish Allohning ishi. U zotning Oʻzi xohlagan paytida, xohlagan Paygʻambariga, xohlagan moʻʼjizani beradi.

«Har bir ajalning oʻz kitobi bordir.»

Har bir ishning belgilangan muddati bor. Oʻsha belgilangan vaqt kelganda, u ish sodir boʻladi.