وَكَذَٰلِكَ أَنزَلْنَـٰهُ حُكْمًا عَرَبِيًّا ۚ وَلَئِنِ ٱتَّبَعْتَ أَهْوَآءَهُم بَعْدَ مَا جَآءَكَ مِنَ ٱلْعِلْمِ مَا لَكَ مِنَ ٱللَّهِ مِن وَلِىٍّ وَلَا وَاقٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Shuningdek, Biz uni arabiy hukm etib nozil qildik. Agar sen o`zingga kelgan ilmdan so`ng ularning havoyi nafslariga ergashsang, sen uchun Allohdan na bir do`st va na bir saqlovchi bo`lmas.Шунингдек, Биз уни арабий ҳукм этиб нозил қилдик. Агар сен ўзингга келган илмдан сўнг уларнинг ҳавойи нафсларига эргашсанг, сен учун Аллоҳдан на бир дўст ва на бир сақловчи бўлмас.Alauddin Mansour: Shuningdek, (yaʼni, ilgari oʻtgan paygʻambarlarimizga oʻz tillarida vahiy yuborganimiz kabi) Biz uni (Qurʼonni) arabiy hukm holida nozil qildik. Qasamki, agar siz oʻzingizga kelgan bu bilimdan soʻng ularning hoyu havaslariga ergashsangiz, siz uchun Alloh tomonidan biron doʻst ham, saqlovchi ham boʻlmas.Шунингдек, (яъни, илгари ўтган пайғамбарларимизга ўз тилларида ваҳий юборганимиз каби) Биз уни (Қуръонни) арабий ҳукм ҳолида нозил қилдик. Қасамки, агар сиз ўзингизга келган бу билимдан сўнг уларнинг ҳою ҳавасларига эргашсангиз, сиз учун Аллоҳ томонидан бирон дўст ҳам, сақловчи ҳам бўлмас.
Yaʼni, Qurʼon arab tilidagi hukmdir. Sen, ey Paygʻambar, oʻzing ham arabsan. Shuning uchun, arab tilidagi Qurʼonning hukmlarini yaxshi bilasan. Bu ishonchli ilmdir. Odamlarning gaplari ilm emas, turli taxmin va hoyi havasdir. Sen ishonchli ilmni qoʻyib, odamlarning hoyi havaslariga ergashsang, doʻst ham, saqlovchi ham topa olmay qolasan.
Agar sening oilali, bola-chaqali oddiy inson ekanligingga va odatdan tashqari bir oyat-moʻʼjiza keltirmayotganingga eʼtiroz boʻladigan boʻlsa: