وَٱلَّذِينَ ءَاتَيْنَـٰهُمُ ٱلْكِتَـٰبَ يَفْرَحُونَ بِمَآ أُنزِلَ إِلَيْكَ ۖ وَمِنَ ٱلْأَحْزَابِ مَن يُنكِرُ بَعْضَهُۥ ۚ قُلْ إِنَّمَآ أُمِرْتُ أَنْ أَعْبُدَ ٱللَّهَ وَلَآ أُشْرِكَ بِهِۦٓ ۚ إِلَيْهِ أَدْعُوا۟ وَإِلَيْهِ مَـَٔابِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz kitob berganlar senga nozil qilingan narsadan xursand bo`lurlar. Guruhlar ichida uning ba'zisini inkor qiladigan kimsalar ham bor. Sen: «Albatta, men Allohga ibodat qilishga, Unga shirk keltirmaslikka amr qilindim. Ungagina da'vat qilaman hamda qaytishim ham Ungadir», deb ayt.Биз китоб берганлар сенга нозил қилинган нарсадан хурсанд бўлурлар. Гуруҳлар ичида унинг баъзисини инкор қиладиган кимсалар ҳам бор. Сен: «Албатта, мен Аллоҳга ибодат қилишга, Унга ширк келтирмасликка амр қилиндим. Унгагина даъват қиламан ҳамда қайтишим ҳам Унгадир», деб айт.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Kitob (Tavrot, Injil) ato etgan kishilar Sizga nozil qilingan narsa (Qurʼon) sababli shodlanadilar. (Yahudiy va nasroniylardan sizga qarshi boʻlgan) toʻdalar orasida uning (Qurʼonning) bir qismini inkor qiladigan kimsalar ham bordir. (Ularga) ayting: «Albatta, men yolgʻiz Allohga ibodat qilishga va Unga (birovni) sherik qilmaslikka maʼmurman (amr etilganman). Men fakat Oʻsha zotga (ibodat qilishga) daʼvat qilurman va yolgʻiz Uning Oʻziga qayturman».(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), Китоб (Таврот, Инжил) ато этган кишилар Сизга нозил қилинган нарса (Қуръон) сабабли шодланадилар. (Яҳудий ва насронийлардан сизга қарши бўлган) тўдалар орасида унинг (Қуръоннинг) бир қисмини инкор қиладиган кимсалар ҳам бордир. (Уларга) айтинг: «Албатта, мен ёлғиз Аллоҳга ибодат қилишга ва Унга (бировни) шерик қилмасликка маъмурман (амр этилганман). Мен факат Ўша зотга (ибодат қилишга) даъват қилурман ва ёлғиз Унинг Ўзига қайтурман».
Albatta, ahli kitoblardan rostgoʻy va insoflilari Muhammad sollallohu alayhi vasallamga nozil boʻlgan Qurʼoni Karimdan xursand boʻldilar.
«Biz kitob berganlar senga nozil qilingan narsadan xursand boʻlurlar».
Chunki, ular bu kitobda asl, toʻgʻri aqiydaning asoslarini topdilar, oʻz kitoblaridagi bashoratlarning tasdigʻini topdilar. Shu bilan birga:
«Guruhlar ichida uning baʼzisini inkor qiladigan kimsalar ham bor».
Ha, odamlar orasida Qurʼonning baʼzi joylarini, oʻzlariga yoqmagan oʻrinlarini inkor etuvchilar ham bor. Bir narsasiga ishonadi-yu, boshqasiga ishonmaydi. Bir hukmiga amal qilsa boʻladi, deydi-yu, boshqasiga amal qilishdan qaytaradi va hokazo.
Odamlar nima desa, deyaversinlar. Ahli kitoblar Qurʼondan xursand boʻlsalar, yaxshi. Odamlardan baʼzilari uning baʼzisini inkor qilsalar, oʻzlariga. Bularning sening ishingga taʼsiri yoʻq. Yoʻlingni bor holicha eʼlon qilib qoʻy. Ey Paygʻambar!
«Sen: «Albatta, men Allohga ibodat qilishga, Unga shirk keltirmaslikka amr qilindim. Ungagina daʼvat qilaman hamda qaytishim ham Ungadir», deb ayt.»
Qurʼonning hammasini yoki baʼzisini inkor qilayotganlar bilib qoʻysinlar. Ular bilan murosasozlik qilish yoʻq. Ibodat faqat Allohning Oʻzigagina boʻladi. Unga hech kimni, hech narsani sherik deb boʻlmaydi. Daʼvat ham faqat Alloh taologa boʻladi. Oxir-oqibat, qaytish ham faqat Allohning Oʻzigadir. Boshqa gap yoʻq.