QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ar-Ra'd surasi · Oyatсураси · Оят40

وَإِن مَّا نُرِيَنَّكَ بَعْضَ ٱلَّذِى نَعِدُهُمْ أَوْ نَتَوَفَّيَنَّكَ فَإِنَّمَا عَلَيْكَ ٱلْبَلَـٰغُ وَعَلَيْنَا ٱلْحِسَابُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularga va'da qilganimizning ba'zisini senga ko`rsatarmiz yoki (undan oldin) seni vafot ettirarmiz. Albatta, yetkazish sening zimmangda, hisob qilish Bizning zimmamizdadir.Уларга ваъда қилганимизнинг баъзисини сенга кўрсатармиз ёки (ундан олдин) сени вафот эттирармиз. Албатта, етказиш сенинг зиммангда, ҳисоб қилиш Бизнинг зиммамиздадир.Alauddin Mansour: Agar Biz sizga (kofirlarga) vaʼda qilgan ayrim narsalarni (yaʼni, azoblarimizni) koʻrsatsak ham yoki sizni (ularni azoblashdan ilgari) vafot qildirsak ham, albatta, sizning zimmangizda (baribir haq dinni odamlarga toʻla) yetkazish, Bizning zimmamizda esa hisob-kitob qilish bordir.Агар Биз сизга (кофирларга) ваъда қилган айрим нарсаларни (яъни, азобларимизни) кўрсатсак ҳам ёки сизни (уларни азоблашдан илгари) вафот қилдирсак ҳам, албатта, сизнинг зиммангизда (барибир ҳақ динни одамларга тўла) етказиш, Бизнинг зиммамизда эса ҳисоб-китоб қилиш бордир.

254-sahifa · 13-juz · 26-hizb254-саҳифа · 13-жуз · 26-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِنva agarва агарمَّاalbattaалбаттаنُرِيَنَّكَsenga koʻrsatsakсенга кўрсатсакبَعْضَbaʼzisiniбаъзисиниٱلَّذِىnarsaningнарсанингنَعِدُهُمْularga vaʼda qilganimizуларга ваъда қилганимизأَوْyokiёкиنَتَوَفَّيَنَّكَseni vafot etdirsakсени вафот этдирсакفَإِنَّمَاbas, albatta faqatбас, албатта фақатعَلَيْكَsening zimmangdaсенинг зиммангдаٱلْبَلَـٰغُyetkazishетказишوَعَلَيْنَاva Bizning zimmamizdaва Бизнинг зиммамиздаٱلْحِسَابُhisob qilishҳисоб қилиш
TafsirТафсир

Biz kofir, mushrik va zolimlarga azob boʻlishi muqarrarligini vaʼda qilmoqdamiz. Ammo, mazkur vaʼda kelib, ularning azoblanishini koʻrishing shart emas. U azoblarning qachon va qanday kelishi Bizning ishimiz.

«Ularga vaʼda qilganimizning baʼzisini senga koʻrsatarmiz yoki (undan oldin) seni vafot ettirarmiz.»

Ehtimol, ularga vaʼda qilgan narsamizning baʼzisini senga koʻrsatarmiz. Kofir, mushrik va zolimlarning qanday azoblanishlarining guvohi boʻlarsan. Ehtimol, ularni azoblashimiz orqaga surilar. Balki, azob sening vafotingdan keyin kelar. Buning ahamiyati yoʻq. Eng ahamiyatlisi shulki:

«Albatta, yetkazish sening zimmangda».

Allohning amrini, shariatini, dinini odamlarga yetkazish sening zimmangdadir. Sening vazifang shundan iboratdir. Ularning qabul qilishlari yoki qilmasliklari bilan ishing boʻlmasin.

«Hisob qilish Bizning zimmamizdadir.»

Qanday qilib hisob-kitob qilishni Oʻzimiz bilamiz, kofirlar xomxayol boʻlmasinlar.