QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ar-Ra'd surasi · Oyatсураси · Оят41

أَوَلَمْ يَرَوْا۟ أَنَّا نَأْتِى ٱلْأَرْضَ نَنقُصُهَا مِنْ أَطْرَافِهَا ۚ وَٱللَّهُ يَحْكُمُ لَا مُعَقِّبَ لِحُكْمِهِۦ ۚ وَهُوَ سَرِيعُ ٱلْحِسَابِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz yerga kelib, uning atrofidan qisqartirib borayotganimizni ko`rmaslarmi?! Hukmni Alloh qiladir. Uning hukmini ta'qib qilguvchi yo`qdir. U hisobi tez Zotdir.Биз ерга келиб, унинг атрофидан қисқартириб бораётганимизни кўрмасларми?! Ҳукмни Аллоҳ қиладир. Унинг ҳукмини таъқиб қилгувчи йўқдир. У ҳисоби тез Зотдир.Alauddin Mansour: (Makka mushriklari) Biz ularning yerlariga kelib uni atrofidan kamaytirayotganimizni (yaʼni, musulmonlar qadam-baqadam fath qilib kelayotganlarini) koʻrmadilarmi? Alloh hukm qilur — Uning hukmini tekshiruvchi boʻlmas. U tez hisob-kitob qilguvchidir.(Макка мушриклари) Биз уларнинг ерларига келиб уни атрофидан камайтираётганимизни (яъни, мусулмонлар қадам-бақадам фатҳ қилиб келаётганларини) кўрмадиларми? Аллоҳ ҳукм қилур — Унинг ҳукмини текширувчи бўлмас. У тез ҳисоб-китоб қилгувчидир.

254-sahifa · 13-juz · 26-hizb254-саҳифа · 13-жуз · 26-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَوَلَمْaxir, ...emasmiахир, ...эмасмиيَرَوْا۟ular koʻrdiулар кўрдиأَنَّاalbatta, Bizалбатта, Бизنَأْتِىkelamizкеламизٱلْأَرْضَyergaергаنَنقُصُهَاuni qisqartiribуни қисқартирибمِنْ-dan-данأَطْرَافِهَا ۚuning atrofiунинг атрофиوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳيَحْكُمُhukm qiladiҳукм қиладиلَاyoʻqйўқمُعَقِّبَtaʼqib qilguvchiтаъқиб қилгувчиلِحُكْمِهِۦ ۚUning hukmigaУнинг ҳукмигаوَهُوَva Uва Уسَرِيعُtezdirтездирٱلْحِسَابِhisobiҳисоби
TafsirТафсир

Kofirlar vaqt oʻtishi bilan yerdagi hayrotlar kamayib borayotganini koʻrmaydilarmi? Boy-badavlat, hayrotlarga toʻla yurtlar, aholisining kofirligi tufayli, boyligi, davlati va hayrotlaridan judo boʻlayotganlarini koʻrmaydilarmi? Uni Biz qilmoqdamiz. Ha, dunyodagi barcha: «Hukmni Alloh qiladir». Allohdan oʻzga hech kim hukm qila olmaydi. Agar u biror yurtni tanazzulga uchrashiga hukm qilsa, oʻsha boʻladi. «Uning hukmini taʼqib qilguvchi yoʻqdir.» Orqasidan taftish qiluvchi, oʻzgartiruvchi yoʻq. «U hisobi tez Zotdir.» Har qanday hisob boʻlsa ham, bir zumda qilib qoʻyadi. Agar ishonmaydigan boʻlsalar, tarixga bir nazar solsinlar.