وَقَدْ مَكَرَ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ فَلِلَّهِ ٱلْمَكْرُ جَمِيعًا ۖ يَعْلَمُ مَا تَكْسِبُ كُلُّ نَفْسٍ ۗ وَسَيَعْلَمُ ٱلْكُفَّـٰرُ لِمَنْ عُقْبَى ٱلدَّارِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, ulardan oldingilar ham makr qildilar. Ammo, barcha makrlar Allohning (ilkidadir). U har bir jon nima qilishini biladir. Yaqinda kofirlar oqibat diyori kimga bo`lishini bilajaklar.Батаҳқиқ, улардан олдингилар ҳам макр қилдилар. Аммо, барча макрлар Аллоҳнинг (илкидадир). У ҳар бир жон нима қилишини биладир. Яқинда кофирлар оқибат диёри кимга бўлишини билажаклар.Alauddin Mansour: Ulardan ilgari oʻtgan kimsalar ham (oʻzlarining paygʻambarlariga qarshi turli) makr-hiylalar qilganlar. Ammo barcha makr-hiylalar Allohning (ilkidadir. Demak, Oʻsha zotdan amr boʻlmasa, biron makr foyda - zarar yetkaza olmaydi). U zot har bir jonning qilayotgan ishini bilur. Yaqinda kofirlar Oxirat diyori kimniki ekanini bilib olajaklar.Улардан илгари ўтган кимсалар ҳам (ўзларининг пайғамбарларига қарши турли) макр-ҳийлалар қилганлар. Аммо барча макр-ҳийлалар Аллоҳнинг (илкидадир. Демак, Ўша зотдан амр бўлмаса, бирон макр фойда - зарар етказа олмайди). У зот ҳар бир жоннинг қилаётган ишини билур. Яқинда кофирлар Охират диёри кимники эканини билиб олажаклар.
Hozirgi kofirlarga oʻxshab qadimgilari ham turli hiyla- nayranglar qilib koʻrganlar. Ha, «Batahqiq, ulardan oldingilar ham makr qildilar». Lekin foydasi boʻlmagan. Hammasi halokatga uchraganlar. Chunki: «barcha makrlar Allohning (ilkidadir)». Makr ishlatib, undan qutulib boʻlmaydi. «U har bir jon nima qilishini biladir.» Nahotki, kofirlarning makrini bilmay qolsa? Yoʻq, albatta biladi. Hammasini hisob-kitob qiladi. Oʻsha hisob boʻyicha: «Yaqinda kofirlar oqibat diyori kimga boʻlishini bilajaklar». Soʻnggi oyatda kofirlarning Paygʻambarlikni inkor qilishlari yana bir bor esga olinadi: