وَيَقُولُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لَسْتَ مُرْسَلًا ۚ قُلْ كَفَىٰ بِٱللَّهِ شَهِيدًۢا بَيْنِى وَبَيْنَكُمْ وَمَنْ عِندَهُۥ عِلْمُ ٱلْكِتَـٰبِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kufr keltirganlar: «Payg`ambar emassan», derlar. Sen: «Men bilan sizning orangizda Alloh va Kitob ilmi bor kimsalar yetarli guvohdir», deb ayt.Куфр келтирганлар: «Пайғамбар эмассан», дерлар. Сен: «Мен билан сизнинг орангизда Аллоҳ ва Китоб илми бор кимсалар етарли гувоҳдир», деб айт.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, sizga) kofir boʻlgan kimsalar: «Paygʻambar emassan», deydilar. Ayting: «Men bilan sizlarning oramizda Alloh va Kitob — Qurʼon ilmidan xabardor boʻlgan (yaʼni, Allohning kalomini bandalarning soʻzlaridan ajrata oladigan) har bir kishi yetarli guvohdir.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, сизга) кофир бўлган кимсалар: «Пайғамбар эмассан», дейдилар. Айтинг: «Мен билан сизларнинг орамизда Аллоҳ ва Китоб — Қуръон илмидан хабардор бўлган (яъни, Аллоҳнинг каломини бандаларнинг сўзларидан ажрата оладиган) ҳар бир киши етарли гувоҳдир.
Yaʼni, ey Paygʻambar! Oʻsha kofirlarga «Mening Paygʻambar ekanimga Alloh guvoh. Kitob ilmi bor kishilar guvoh. Sizga oʻxshagan johillarning gapining ahamiyati yoʻq», deb ayt.
Ushbu oyati karimadagi «Kitob»dan murod ilohiy kitobdir. Shuning uchun ham, baʼzi ulamolarimiz: «Kitob ilmi bor shaxslar»dan murod insofli ahli kitoblardir, deganlar. Darhaqiqat, qadimda koʻpgina tortishuvli masalalarda, xususan mushriklar ishtirokidagi tortishuvlarda ahli kitoblar guvoh qilinganlar. Chunki, ilohiy kitob sohibi sifatida oʻzlariga yarasha hurmatlari boʻlgan. Ahli kitoblarning insoflilari esa, Hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallamning haq Paygʻambar ekanliklariga doimo guvohlik berib kelganlar.