QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ibrahim surasi · Oyatсураси · Оят1

الٓر ۚ كِتَـٰبٌ أَنزَلْنَـٰهُ إِلَيْكَ لِتُخْرِجَ ٱلنَّاسَ مِنَ ٱلظُّلُمَـٰتِ إِلَى ٱلنُّورِ بِإِذْنِ رَبِّهِمْ إِلَىٰ صِرَٰطِ ٱلْعَزِيزِ ٱلْحَمِيدِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alif. Laam. Ro. Bu kitobni senga odamlarni Robbilarining izni ila zulmatlardan nurga, aziyz va maqtalgan Zotning yo`liga chiqarishing uchun nozil qildik.Алиф. Лаам. Ро. Бу китобни сенга одамларни Роббиларининг изни ила зулматлардан нурга, азийз ва мақталган Зотнинг йўлига чиқаришинг учун нозил қилдик.Alauddin Mansour: Alif, Lom, Ro. (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, bu Qurʼon) Biz sizga, odamlarni Parvardigorlarining izni-irodasi bilan zulmatlardan nurga — qudrat va hamdu sano egasi boʻlgan Zotning yoʻliga — olib chiqishingiz uchun nozil qilgan Kitobdir.Алиф, Лом, Ро. (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, бу Қуръон) Биз сизга, одамларни Парвардигорларининг изни-иродаси билан зулматлардан нурга — қудрат ва ҳамду сано эгаси бўлган Зотнинг йўлига — олиб чиқишингиз учун нозил қилган Китобдир.

255-sahifa · 13-juz · 26-hizb255-саҳифа · 13-жуз · 26-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
الٓر ۚAlif. Lom. Ro.Алиф. Лом. Ро.كِتَـٰبٌ(bu) kitobdir(бу) китобдирأَنزَلْنَـٰهُuni nozil qildikуни нозил қилдикإِلَيْكَsengaсенгаلِتُخْرِجَchiqarishing uchunчиқаришинг учунٱلنَّاسَodamlarniодамларниمِنَ-dan-данٱلظُّلُمَـٰتِzulmatlardanзулматларданإِلَى-ga-гаٱلنُّورِnurgaнургаبِإِذْنِizni ilaизни илаرَبِّهِمْRobbilariningРоббиларинингإِلَىٰ-ga-гаصِرَٰطِyoʻligaйўлигаٱلْعَزِيزِaziz zotningазиз зотнингٱلْحَمِيدِmaqtalgan (zotning)мақталган (зотнинг)
TafsirТафсир

Ey Paygʻambar, ushbu harflardan tashkil topgan kitobni senga Biz tushirdik, uni oʻzing toʻqib olganing yoʻq. Bu kitobni senga nozil qilishdan maqsad odamlarni zulmatlardan nurga olib chiqishdir. Allohning yoʻliga, Aziz–hammaning ustidan gʻolib boʻlgan va Hamiyd–hamma tomonidan maqtalgan Zotning yoʻliga olib chiqishing uchun nozil qildik.

Ushbu oyati karima va shunga oʻxshash boshqa oyatlar tafsirida ulamolarimiz «zulmatlar» soʻzining koʻplik siygʻasida, «nur» soʻzining birlik siygʻasida kelganiga alohida eʼtibor beradilar. Iymon-Islomsiz hayot nima nom bilan atalsa ham, zulmatdir. Shuning uchun, ular koʻpdir. Turli asossiz dinlar, falsafalar, tuzumlar va «izm»lar asosida kechayotgan hayotlar zulmatlarda oʻtayotgan hayotlardir. Oʻsha zulmatlardan qutulishning faqat bitta yoʻli bor, u ham boʻlsa, Islom nuriga chiqishdir. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning vazifalari Alloh u kishiga tushirgan Qurʼoni Karim ila odamlarni johiliyat zulmatlaridan Islom nuriga chiqarish boʻlgan. Insoniyat Hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallamga ergashib, Qurʼoni Karimga amal qilib yashagandagina zulmatlardan nurga, Azizu Hamiyd sifatli Allohning yoʻliga chiqqan boʻladi.