ٱللَّهِ ٱلَّذِى لَهُۥ مَا فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۗ وَوَيْلٌ لِّلْكَـٰفِرِينَ مِنْ عَذَابٍ شَدِيدٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh osmonlaru yerdagi narsalar Uniki bo`lgan Zotdir. Kofirlar holiga shiddatli azobdan voy bo`lsin.Аллоҳ осмонлару ердаги нарсалар Уники бўлган Зотдир. Кофирлар ҳолига шиддатли азобдан вой бўлсин.Alauddin Mansour: Alloh — osmonlar va Yerdagi bor narsa Oʻziniki boʻlgan Zotdir. Kofirlar uchun qattiq azob — halokat boʻlgay.Аллоҳ — осмонлар ва Ердаги бор нарса Ўзиники бўлган Зотдир. Кофирлар учун қаттиқ азоб — ҳалокат бўлгай.
Yaʼni, Paygʻambar Robbining izni ila odamlarni olib chiqaradigan nurli yoʻl sohibi Alloh osmonlaru yerdagi narsalarning egasidir. Uning hech kimga hojati yoʻq, balki hamma Uning oldida hojatmanddir. Shuning uchun, turli hojatmand, ojiz va bechoralar tuzgan, taklif qilayotgan zulmat yoʻllarni tashlab, Allohning yoʻliga yurganlar toʻgʻri yoʻlga chiqqan boʻladilar. Uning yoʻlidagi insonlar najot topadilar, ikki dunyo saodatiga erishadilar. Uning yoʻliga yurmagan
«Kofirlar holiga shiddatli azobdan voy boʻlsin».
Ha, bu dunyoda mazkur oliy sifatlar sohibi boʻlmish Alloh taoloning yoʻliga yurmaganlarning holiga qiyomatda albatta shiddatli azobdan voy boʻladi.