ٱلَّذِينَ يَسْتَحِبُّونَ ٱلْحَيَوٰةَ ٱلدُّنْيَا عَلَى ٱلْـَٔاخِرَةِ وَيَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ وَيَبْغُونَهَا عِوَجًا ۚ أُو۟لَـٰٓئِكَ فِى ضَلَـٰلٍۭ بَعِيدٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular bu dunyo hayotini oxiratdan afzal ko`radiganlar, Allohning yo`lidan to`sadiganlar va u(yo`l)ning egri bo`lishini xohlaydiganlardir. Ana o`shalar yiroq adashuvdadirlar.Улар бу дунё ҳаётини охиратдан афзал кўрадиганлар, Аллоҳнинг йўлидан тўсадиганлар ва у(йўл)нинг эгри бўлишини хоҳлайдиганлардир. Ана ўшалар йироқ адашувдадирлар.Alauddin Mansour: Ular hayoti dunyoni Oxiratdan afzal biladigan, (odamlarni) Allohning yoʻlidan toʻsadigan va uni (egishni-buzishni istaydigan) kimsalardir. Ular (haq yoʻldan) yiroq boʻlgan gumrohlikdadirlar.Улар ҳаёти дунёни Охиратдан афзал биладиган, (одамларни) Аллоҳнинг йўлидан тўсадиган ва уни (эгишни-бузишни истайдиган) кимсалардир. Улар (ҳақ йўлдан) йироқ бўлган гумроҳликдадирлар.
Shiddatli azobdan holiga voy boʻladigan kofirlarning shunday holatga tushishining sabablari ushbu oyatda keltiriladi. Ularning shiddatli azobga duchor boʻlishlarining sabablari quyidagilardan iboratdir:
Birinchidan:
«Ular bu dunyo hayotini oxiratdan afzal koʻradiganlar»dir.
Bu esa, oʻz navbatida, iymon taqozosiga toʻgʻri kelmaydi. Ular dunyoni oxiratdan ustun qoʻyganlari uchun iymon yoʻliga yura olmaydilar. Faqat bu dunyoni koʻzlagan odam besh kunlik hayotida koʻproq matohga erishish uchun oʻlib-tiriladi. Harom-xarishga qoʻl uradi. Odamlarning haqqini yeydi Odamlarga zulm, xiyonat qiladi. Shuning uchun ham, Paygʻambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam: «Dunyoning muhabbati har bir xatoning boshidir», deganlar.
Ammo, oxiratni dunyodan ustun qoʻyadigan musulmonlar ikki dunyo saodatiga erishadilar. Chunki, Islom taʼlimoti boʻyicha, oxirat saodatiga erishishni xohlagan odam Allohning yer yuzidagi xalifasi boʻlishi lozim. Yer yuzidagi xalifalik esa, uni obod qilishni talab etadi. Bu ish halol-poklik, adolat, haqiqat va toʻgʻrilik ila amalga oshiriladi. Demak, moʻmin-musulmon kishi ikki dunyo saodatiga erishadi. Kofir esa, ikki dunyoda ham xoru zor boʻladi.
Kofirlarning qattiq azobga duchor boʻlishlarining keyingi sabablari, yaʼni, ushbu oyatda eslatilgan ikkinchi va uchinchi sabablar ham birinchisidan, yaʼni, dunyoni oxiratdan ustun qoʻyishdan kelib chiqadi.
Ikkinchi sabab: ular
«Allohning yoʻlidan toʻsadiganlar»dir.
Kofirlar bu dunyoning matohi ishqida, hukm, mansab, molu dunyo, ayshu ishrat koʻyida iymonu Islomni inkor etadilar. Odamlarni Allohning yoʻlidan toʻsadilar. Qadimda ham, hozirda ham dinga, diyonatga, Islom-iymonga va uning ahllariga qarshi chiqayotganlarning holiga nazar solinsa, shu illatni koʻriladi.
Uchinchi sabab: u kofirlar
«u(yoʻl)ning egri boʻlishini xohlaydiganlardir».
Yaʼni, Allohning yoʻli notoʻgʻri boʻlib, ularning istagiga munosib boʻlishini xohlaydilar. Ular, oʻtmishda ham, undoq boʻlsin, bundoq boʻlsin, deb takliflar kiritganlar. Hozirda ham, biz Islomni hurmat qilamiz, ammo u qalbda boʻlishi kerak; har kimning shaxsiy ishi boʻlishi lozim; u boʻlishi kerak, bu boʻlishi kerak, deb Allohning dini egri boʻlishini xohlaydilar. Bu esa, inshoalloh, ularning «holiga shiddatli azobdan voy» boʻlishiga olib keladi. Chunki:
«Ana oʻshalar yiroq adashuvdadirlar».
Dunyoni oxiratdan ustun qoʻyish, odamlarni Allohning yoʻlidan toʻsish va Allohning yoʻli egri boʻlishini xohlashdan ham battarroq adashuv boʻlmasa kerak?!
Odamlarni zulmatlardan nurga chiqaruvchi taʼlimotni tushunishni osonlashtirish uchun