QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ibrahim surasi · Oyatсураси · Оят13

وَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لِرُسُلِهِمْ لَنُخْرِجَنَّكُم مِّنْ أَرْضِنَآ أَوْ لَتَعُودُنَّ فِى مِلَّتِنَا ۖ فَأَوْحَىٰٓ إِلَيْهِمْ رَبُّهُمْ لَنُهْلِكَنَّ ٱلظَّـٰلِمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kufr keltirganlar o`z Payg`ambarlariga: «Albatta, biz sizlarni yerimizdan chiqarib yuborurmiz yoki, albatta, millatimizga qaytursizlar», dedilar. Bas, Robbilari ularga: «Albatta, Biz zolimlarni halok qilurmiz.Куфр келтирганлар ўз Пайғамбарларига: «Албатта, биз сизларни еримиздан чиқариб юборурмиз ёки, албатта, миллатимизга қайтурсизлар», дедилар. Бас, Роббилари уларга: «Албатта, Биз золимларни ҳалок қилурмиз.Alauddin Mansour: Kufr yoʻlini tutgan kimsalar oʻzlarining paygʻambarlariga: «Albatta, biz sizlarni yerimizdan haydab chiqarurmiz yoki sizlar bizning dinimizga qaytursizlar», dedilar. Shunda Parvardigorlari ularga (yaʼni, paygʻambarlarga): «Albatta, Biz bu zolimlarni halok qilurmiz.Куфр йўлини тутган кимсалар ўзларининг пайғамбарларига: «Албатта, биз сизларни еримиздан ҳайдаб чиқарурмиз ёки сизлар бизнинг динимизга қайтурсизлар», дедилар. Шунда Парвардигорлари уларга (яъни, пайғамбарларга): «Албатта, Биз бу золимларни ҳалок қилурмиз.

257-sahifa · 13-juz · 26-hizb257-саҳифа · 13-жуз · 26-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَقَالَva dedilarва дедиларٱلَّذِينَularуларكَفَرُوا۟kufr keltirganlarкуфр келтирганларلِرُسُلِهِمْoʻz Paygʻambarlarigaўз Пайғамбарларигаلَنُخْرِجَنَّكُمalbatta, biz sizlarni chiqarib yuboramizалбатта, биз сизларни чиқариб юборамизمِّنْ-dan-данأَرْضِنَآyerimizdanеримизданأَوْyokiёкиلَتَعُودُنَّalbatta, qaytasizlarалбатта, қайтасизларفِى-ga-гаمِلَّتِنَا ۖmillatimizgaмиллатимизгаفَأَوْحَىٰٓbas, vahiy qildiбас, ваҳий қилдиإِلَيْهِمْulargaуларгаرَبُّهُمْRobbilariРоббилариلَنُهْلِكَنَّalbatta, Biz halok qilurmizалбатта, Биз ҳалок қилурмизٱلظَّـٰلِمِينَzolimlarniзолимларни
TafsirТафсир

Kofirlar jamiyati, johiliy jamiyat oʻz ichidagi haqiqiy musulmonning haqiqiy Islom uchun harakat qilishiga hech qachon rozi boʻlmaydi. Fayriislomiy jamiyat, tuzum oʻz ichida birgina haqiqiy musulmon turishidan ham qattiq xavfsiraydi. Chunki, oʻsha musulmon ularning botilini, hiyla-nayrangini fosh qilishi va haqiqiy toʻgʻri yoʻlni koʻrsatib qoʻyishi mumkin. Shu sababdan, gʻayriislomiy tuzum haqiqiy musulmon oldiga masalani koʻndalang qoʻyadi: bizning millatimizga qoʻshilasan, biz qanday yursak, shunday yurasan yoki bizning yerimizdan chiqasan, oʻldirilasan, qamalasan yoki surgun qilinasan, deydi.

Bu haqiqatni ushbu oyatda kofirlarning oʻzlariga kelgan Paygʻambarlarga aytgan gaplaridan bilib olamiz.

«Kufr keltirganlar oʻz Paygʻambarlariga: «Albatta, biz sizlarni yerimizdan chiqarib yuborurmiz yoki, albatta, millatimizga qaytursizlar», dedilar.»

Tasavvur qiling: Paygʻambar yangi kelgan, hozircha bir oʻzi, yonida unga iymon keltirgan moʻminlar ham yoʻq. U Alloh tomonidan elchi boʻlib kelganini aytdi, xolos. Avval boshda kofirlar u bilan bahsga kirishdilar. Turli ayblarni qoʻyib koʻrdilar, hujjat-dalil talab qildilar. Ammo bahsda yutqazdilar. Aqliy tortishuvda yengildilar. Zotan, kofirlarda aqlga tegishli hech narsa boʻlmaydi. Keyin esa kuch ishlatish, doʻq-poʻpisaga oʻtmoqdalar. Chunki, ular aqliy bahsda yutgan shaxsning jamiyat aʼzolarini oʻziga qaratib olishidan qoʻrqadilar. Shu oʻrinda kofirlarning «sizlarni yerimizdan chiqarib yuboramiz» deyishlariga eʼtibor bering. «Yerimizdan» deb yana manmanlik qiladilar. Goʻyoki, yer ularniki emish. Allohning yerini oʻzlariniki qilib olishibdi. Holbuki, ular yerga qanchalik haqli boʻlsalar, oʻsha yerda tugʻilib oʻsgan Paygʻambar ham shunchalik haqlidir. Balki, oʻsha yerni xalq etgan Xoliqqa iymoni tufayli ulardan koʻra yerda uning haqqi koʻproqdir. Lekin tugʻyonga ketgan kofirlar doimo haddan oshadilar.

Ikki tomon shunday tortishib turganda hal qiluvchi soʻz Alloh taolo tomonidan keldi:

«Bas, Robbilari ularga: «Albatta, Biz zolimlarni halok qilurmiz. Bu esa, maqomimdan xavf qilganlar va tahdidimdan qoʻrqqanlar uchundir», deb vahiy qildi».

Alloh taolo soʻzini Paygʻambarlarga qaratdi. Kofirlarni, xuddi ular yoʻqday, eʼtiborga ham olmadi. Paygʻambarlarning koʻngillarini tinchlantirib, bashorat berdi. Biz zolimlarni halok qilamiz, dedi. «Biz»ga urgʻu berib aytdi. Zolimlar albatta halok boʻlishini taʼkidladi. «Zolimlar» deganda kofirlar koʻzda tutiladi. Chunki, kufr eng katta zulmdir. Oʻsha zolimlarni–kofirlarni halok etgandan soʻng u yerga sizlarni, yaʼni, Paygʻambarlarni va ularga ergashgan moʻmin-musulmonlarni joylashtiramiz, dedi. U yerga, kimki Mening maqomimdan qoʻrqsa, takabburlik qilmasa, oʻzidan ketib haddidan oshmasa, oʻsha joylashadi, dedi. U joyga, kimki Mening zolimlarni halok qilish haqidagi tahdidlarimdan qoʻrqsa, shuni eslab oʻzini zulmdan saqlasa, birovga zulm etmasa, yer yuzida fasod qilmasa, oʻsha oʻrnashadi, dedi. Soʻngra: