QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ibrahim surasi · Oyatсураси · Оят12

وَمَا لَنَآ أَلَّا نَتَوَكَّلَ عَلَى ٱللَّهِ وَقَدْ هَدَىٰنَا سُبُلَنَا ۚ وَلَنَصْبِرَنَّ عَلَىٰ مَآ ءَاذَيْتُمُونَا ۚ وَعَلَى ٱللَّهِ فَلْيَتَوَكَّلِ ٱلْمُتَوَكِّلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Nima uchun biz Allohga tavakkal qilmas ekanmiz?! Holbuki, U bizni yo`limizga hidoyat qildi. Bizga bergan ozorlaringizga, albatta, sabr qilamiz. Tavakkal qiluvchilar faqat Allohgagina tavakkal qilsinlar», dedilar.Нима учун биз Аллоҳга таваккал қилмас эканмиз?! Ҳолбуки, У бизни йўлимизга ҳидоят қилди. Бизга берган озорларингизга, албатта, сабр қиламиз. Таваккал қилувчилар фақат Аллоҳгагина таваккал қилсинлар», дедилар.Alauddin Mansour: (Axir) bizni (toʻgʻri) yoʻlimizga hidoyat qilgan Allohga nechun tavakkul qilmaymiz. Albatta, biz sizlar yetkazgan ozorlarga sabr qilurmiz. Tavakkul qilguvchilar yolgʻiz Allohga tavakkul qilsinlar».(Ахир) бизни (тўғри) йўлимизга ҳидоят қилган Аллоҳга нечун таваккул қилмаймиз. Албатта, биз сизлар етказган озорларга сабр қилурмиз. Таваккул қилгувчилар ёлғиз Аллоҳга таваккул қилсинлар».

257-sahifa · 13-juz · 26-hizb257-саҳифа · 13-жуз · 26-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَاva nima uchunва нима учунلَنَآbizбизأَلَّاemasэмасنَتَوَكَّلَtavakkal qilmas ekanmizтаваккал қилмас эканмизعَلَى-ga-гаٱللَّهِAllohgaАллоҳгаوَقَدْholbuki, batahqiqҳолбуки, батаҳқиқهَدَىٰنَاU bizni hidoyat qildiУ бизни ҳидоят қилдиسُبُلَنَا ۚyoʻllarimizgaйўлларимизгаوَلَنَصْبِرَنَّva albatta, sabr qilamizва албатта, сабр қиламизعَلَىٰ-ga-гаمَآnarsagaнарсагаءَاذَيْتُمُونَا ۚbizga bergan ozorlaringizgaбизга берган озорларингизгаوَعَلَىva -gaва -гаٱللَّهِAllohgaginaАллоҳгагинаفَلْيَتَوَكَّلِtavakkal qilsinlarтаваккал қилсинларٱلْمُتَوَكِّلُونَtavakkal qiluvchilarтаваккал қилувчилар
TafsirТафсир

Paygʻambar alayhissalomlarning bu soʻzlarida Allohga tavakkal qilishning, har bir narsada Unga suyanish, Undan izn olish, Unga yolvorish, Undan madad kutishning asosiy sababi ifodasini topgandir. Ayni choqda, bu maʼno ajoyib bir uslub, inkoriy savol uslubi ila bayon etilmoqda.

«Nima uchun biz Allohga tavakkal qilmas ekanmiz?!»

Ey kofirlar, aytinglar-chi, nima uchun biz oʻz Robbimizga tavakkal qilmas ekanmiz?! Bu dunyoda yashashdan maqsad ikki dunyo saodatiga erishishmidi? Oʻsha saodatga erishish uchun uning yoʻlini topish kerakmidi? Alloh taolo bizni oʻsha yoʻlga boshladi:

«Holbuki, U bizni yoʻlimizga hidoyat qildi».

Biz Uning inoyati ila saodat yoʻlimizni topdik. Endi bizga hech narsa taʼsir qilmaydi. Shu yoʻldan sobitqadam boraveramiz. Bu saodatga erishish yoʻlida

«Bizga bergan ozorlaringizga, albatta, sabr qilamiz».

Bu borada biz ikkilanmaymiz ham, boʻshashmaymiz ham.

«Tavakkal qiluvchilar faqat Allohgagina tavakkal qilsinlar», dedilar.»

Tortishuv shu yerga yetganida, oʻzlarining fikriy va aqliy jabhada yengilganliklarini sezgan, masalani tinch yoʻl bilan hal qilishda yutqazishlarini bilgan kofirlar kuch ishlatishlarini aytib tahdid qildilar: