QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ibrahim surasi · Oyatсураси · Оят11

قَالَتْ لَهُمْ رُسُلُهُمْ إِن نَّحْنُ إِلَّا بَشَرٌ مِّثْلُكُمْ وَلَـٰكِنَّ ٱللَّهَ يَمُنُّ عَلَىٰ مَن يَشَآءُ مِنْ عِبَادِهِۦ ۖ وَمَا كَانَ لَنَآ أَن نَّأْتِيَكُم بِسُلْطَـٰنٍ إِلَّا بِإِذْنِ ٱللَّهِ ۚ وَعَلَى ٱللَّهِ فَلْيَتَوَكَّلِ ٱلْمُؤْمِنُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Payg`ambarlari ularga: «Biz sizga o`xshash bashardan o`zga hech narsa emasmiz. Lekin Alloh O`z bandalaridan kimni xohlasa, o`shanga (payg`ambarlik) in'om qilur. Biz o`zimizcha sizga biror hujjat keltira olmaymiz, illo Allohning izni ila. Mo`minlar faqat Allohgagina tavakkal qilsinlar.Пайғамбарлари уларга: «Биз сизга ўхшаш башардан ўзга ҳеч нарса эмасмиз. Лекин Аллоҳ Ўз бандаларидан кимни хоҳласа, ўшанга (пайғамбарлик) инъом қилур. Биз ўзимизча сизга бирор ҳужжат келтира олмаймиз, илло Аллоҳнинг изни ила. Мўминлар фақат Аллоҳгагина таваккал қилсинлар.Alauddin Mansour: Paygʻambarlari ularga aytdilar: «(Ha), biz ham xuddi sizlarga oʻxshagan odamlarmiz, lekin Alloh Oʻzi xohlagan bandalariga (paygʻambarlik) inʼom qilur. Biz sizlarga biron hujjat keltira olmaymiz, magar Allohning izni-irodasi bilangina (keltirishimiz mumkin). Iymon keltirgan kishilar yolgʻiz Allohgagina tavakkul qilsinlar.Пайғамбарлари уларга айтдилар: «(Ҳа), биз ҳам худди сизларга ўхшаган одамлармиз, лекин Аллоҳ Ўзи хоҳлаган бандаларига (пайғамбарлик) инъом қилур. Биз сизларга бирон ҳужжат келтира олмаймиз, магар Аллоҳнинг изни-иродаси билангина (келтиришимиз мумкин). Иймон келтирган кишилар ёлғиз Аллоҳгагина таваккул қилсинлар.

257-sahifa · 13-juz · 26-hizb257-саҳифа · 13-жуз · 26-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَتْdedilarдедиларلَهُمْulargaуларгаرُسُلُهُمْPaygʻambarlariПайғамбарлариإِنemasmizэмасмизنَّحْنُbizбизإِلَّاmagarмагарبَشَرٌۭbasharбашарمِّثْلُكُمْsizga oʻxshashсизга ўхшашوَلَـٰكِنَّlekinлекинٱللَّهَAllohАллоҳيَمُنُّinʼom qilurинъом қилурعَلَىٰ-ga-гаمَنkimniкимниيَشَآءُxohlasaхоҳласаمِنْ-dan-данعِبَادِهِۦ ۖOʻz bandalaridanЎз бандалариданوَمَاva emasва эмасكَانَmumkinмумкинلَنَآbiz uchunбиз учунأَن-ki-киنَّأْتِيَكُمsizga biror keltirishimizсизга бирор келтиришимизبِسُلْطَـٰنٍhujjatҳужжатإِلَّاilloиллоبِإِذْنِizni ilaизни илаٱللَّهِ ۚAllohningАллоҳнингوَعَلَىva -gaва -гаٱللَّهِAllohgaginaАллоҳгагинаفَلْيَتَوَكَّلِtavakkal qilsinlarтаваккал қилсинларٱلْمُؤْمِنُونَmoʻminlarмўминлар
TafsirТафсир

Paygʻambarlar oʻzlarining oddiy odam ekanliklarini inkor qilmadilar. Ular oʻzlariga, siz bizga oʻxshash bashardan oʻzga hech narsa emassiz, deb beodoblik qilgan kofir qavlarga qarab:

«Biz sizga oʻxshash bashardan oʻzga hech narsa emasmiz», dedilar.

Yaʼni, bu gapingiz toʻgʻri. Biz farishta ham yoki boshqa bir oliy maqomli alohida zot ham emasmiz. Biroq, bu degani, odam zotidan Paygʻambar boʻlishi mumkin emas, degan gap emas. Toʻgʻri, biz basharmiz.

«Lekin Alloh Oʻz bandalaridan kimni xohlasa, oʻshanga (paygʻambarlik) inʼom qilur.»

Faqat biz boʻlishimiz shart emas, odam bolasidan Alloh kimni ixtiyor qilsa, oʻsha Paygʻambar boʻlaveradi.

Endi sizning ochiq-oydin hujjat keltirish haqidagi talabingizga kelsak:

«Biz oʻzimizcha sizga biror hujjat keltira olmaymiz, illo Allohning izni ila».

Bizning vazifamiz Allohning taʼlimotlarini bandalariga yetkazishdir. Hujjat, moʻʼjiza keltirish bizning vazifamiz emas, qoʻlimizdan ham kelmaydi. U ish faqat Allohning Oʻziga bogʻliq. Allohning Oʻzi xohlab birortamizga hujjat-moʻʼjiza bersa va uni koʻrsatishga izn etsa, koʻrsatishimiz mumkin, aks holda, biz ham ojizmiz.

«Moʻminlar faqat Allohgagina tavakkal qilsinlar.»

Bu doimiy haqiqatdir. Har zamon va har makonda moʻminlar faqat Allohga suyanadilar. Undan oʻzgaga emas. Ularning qalblari Undan boshqaga burilmasin. Ular Undan oʻzgadan yordam ham, himoya ham soʻramasinlar.