وَٱسْتَفْتَحُوا۟ وَخَابَ كُلُّ جَبَّارٍ عَنِيدٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Fathu nusrat so`radilar va har bir jabrchi, sarkash kimsa noumidlikka uchradi.Фатҳу нусрат сўрадилар ва ҳар бир жабрчи, саркаш кимса ноумидликка учради.Alauddin Mansour: (Soʻngra paygʻambarlar Allohdan) madad tiladilar va barcha jabrkor-sarkash kimsalar baxtsizlikka duchor boʻldilar.(Сўнгра пайғамбарлар Аллоҳдан) мадад тиладилар ва барча жабркор-саркаш кимсалар бахтсизликка дучор бўлдилар.
Tafsirchi ulamolarimiz Allohdan fathu nusrat soʻrovchilar kim ekanligi haqida turlicha fikrlar aytganlar. Baʼzilari fathu nusrat soʻrovchilar Paygʻambarlar desalar, boshqalari ummatlar deydilar. Uchinchilari esa, tortishayotgan ikki taraf bir boʻlib, oramizda kim haq boʻlsa unga fathu nusrat boʻlsin, kim nohaq boʻlsa, hasratga uchrasin, deb aytishgan, deydilar.
Bu soʻrov esa, har bir jabrchi, sarkash kimsa noumidlikka uchrashi bilan natijalanadi.
Yaʼni, moʻminlar fathu nusratga erishdilar, kofiru mushriklar esa, halokatga uchradilar. Ularning bu dunyoda halokatga yoʻliqishlari ila ish tamom boʻlmaydi. Balki, oʻsha har bir jabrchi, sarkash uchun: