QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ibrahim surasi · Oyatсураси · Оят16

مِّن وَرَآئِهِۦ جَهَنَّمُ وَيُسْقَىٰ مِن مَّآءٍ صَدِيدٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Uning ortida jahannam bordir. Yiring suv ila sug`oriladir.Унинг ортида жаҳаннам бордир. Йиринг сув ила суғориладир.Alauddin Mansour: Uning (yaʼni, har bir kofir boʻlgan kimsaning) oldida jahannam bordir. (Jahannamda) unga yiringli suvdan beriladi.Унинг (яъни, ҳар бир кофир бўлган кимсанинг) олдида жаҳаннам бордир. (Жаҳаннамда) унга йирингли сувдан берилади.

257-sahifa · 13-juz · 26-hizb257-саҳифа · 13-жуз · 26-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
مِّن-dan-данوَرَآئِهِۦuning ortidaунинг ортидаجَهَنَّمُjahannam bordirжаҳаннам бордирوَيُسْقَىٰva sugʻoriladirва суғориладирمِن-dan-данمَّآءٍۢsuvdanсувданصَدِيدٍۢyiringйиринг
TafsirТафсир

Kofir va sarkash kimsalar uchun bu dunyo azobi ortidan jahannam azobi ham bor: «Uning ortida jahannam bordir». Jahannamda ularga alvon-alvon azoblar beriladi. Jumladan, oʻsha jabrchi, sarkash kimsalar jahannam olovida yonib-chanqab suv soʻraganida: «Yiring suv ila sugʻoriladi. Uni yutishga urinadi-yu, yuta olmas». Yiringni ogʻizga olishning oʻzi qattiq azob. Uni chanqoqbosdi uchun ichish ikki karra azob. Endi, uni yuta olmay qiynalish esa, mislsiz azobdir. «Unga har tomondan oʻlim keladi-yu, oʻla olmas.» Oʻlimni oʻylashning oʻzi bir azob. Oʻlimning kelishi battarroq azob. Endi takror va takror oʻlim kelib turib oʻla olmaslik mislsiz azobdir. Lekin kofir, jabrchi va sarkashlar uchun bu ham oz. «Uning ortidan esa, qattiq azob bor.» Yaʼni, azob ustiga yanada qattiq va qoʻpol azob bor. Avvalgi, vasfi kelgan azobdan koʻra qattiq azob bor. Chunki,