QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ibrahim surasi · Oyatсураси · Оят17

يَتَجَرَّعُهُۥ وَلَا يَكَادُ يُسِيغُهُۥ وَيَأْتِيهِ ٱلْمَوْتُ مِن كُلِّ مَكَانٍ وَمَا هُوَ بِمَيِّتٍ ۖ وَمِن وَرَآئِهِۦ عَذَابٌ غَلِيظٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Uni yutishga urinadi-yu, yuta olmas. Unga har tomondan o`lim keladi-yu, o`la olmas. Uning ortidan esa, qattiq azob bor.Уни ютишга уринади-ю, юта олмас. Унга ҳар томондан ўлим келади-ю, ўла олмас. Унинг ортидан эса, қаттиқ азоб бор.Alauddin Mansour: (Oʻshanda) uni yutmoqchi boʻladi-yu, (tomogʻidan) oʻtkazolmaydi, unga har tomondan oʻlim keladi-yu, u oʻlolmaydi. Uning ortida (bundan-da) ogʻir azob bordir.(Ўшанда) уни ютмоқчи бўлади-ю, (томоғидан) ўтказолмайди, унга ҳар томондан ўлим келади-ю, у ўлолмайди. Унинг ортида (бундан-да) оғир азоб бордир.

257-sahifa · 13-juz · 26-hizb257-саҳифа · 13-жуз · 26-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَتَجَرَّعُهُۥuni yutishga urinadiуни ютишга уринадиوَلَاva emasва эмасيَكَادُyaqin boʻla olmasяқин бўла олмасيُسِيغُهُۥuni yutishgaуни ютишгаوَيَأْتِيهِva unga keladiва унга келадиٱلْمَوْتُoʻlimўлимمِن-dan-данكُلِّharҳарمَكَانٍۢtomondanтомонданوَمَاva emasва эмасهُوَuуبِمَيِّتٍۢ ۖoʻluvchiўлувчиوَمِنva -danва -данوَرَآئِهِۦuning ortidanунинг ортиданعَذَابٌazob borазоб борغَلِيظٌۭqattiqқаттиқ
TafsirТафсир

Kofir va sarkash kimsalar uchun bu dunyo azobi ortidan jahannam azobi ham bor: «Uning ortida jahannam bordir». Jahannamda ularga alvon-alvon azoblar beriladi. Jumladan, oʻsha jabrchi, sarkash kimsalar jahannam olovida yonib-chanqab suv soʻraganida: «Yiring suv ila sugʻoriladi. Uni yutishga urinadi-yu, yuta olmas». Yiringni ogʻizga olishning oʻzi qattiq azob. Uni chanqoqbosdi uchun ichish ikki karra azob. Endi, uni yuta olmay qiynalish esa, mislsiz azobdir. «Unga har tomondan oʻlim keladi-yu, oʻla olmas.» Oʻlimni oʻylashning oʻzi bir azob. Oʻlimning kelishi battarroq azob. Endi takror va takror oʻlim kelib turib oʻla olmaslik mislsiz azobdir. Lekin kofir, jabrchi va sarkashlar uchun bu ham oz. «Uning ortidan esa, qattiq azob bor.» Yaʼni, azob ustiga yanada qattiq va qoʻpol azob bor. Avvalgi, vasfi kelgan azobdan koʻra qattiq azob bor. Chunki,