QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ibrahim surasi · Oyatсураси · Оят19

أَلَمْ تَرَ أَنَّ ٱللَّهَ خَلَقَ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ بِٱلْحَقِّ ۚ إِن يَشَأْ يُذْهِبْكُمْ وَيَأْتِ بِخَلْقٍ جَدِيدٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh osmonlaru yerni haq ila yaratib qo`yganini ko`rmadingmi? Agar istasa, sizlarni ketkazib, yangi xalq keltiradir.Аллоҳ осмонлару ерни ҳақ ила яратиб қўйганини кўрмадингми? Агар истаса, сизларни кетказиб, янги халқ келтирадир.Alauddin Mansour: (Ey inson), Alloh osmonlar va Yerni haq (qonun) bilan yaratib qoʻyganini koʻrmadingmi?! Agar U zot xohlasa sizlarni ketkazib, (oʻrningizga oʻzgalarni) yangitdan yaratur.(Эй инсон), Аллоҳ осмонлар ва Ерни ҳақ (қонун) билан яратиб қўйганини кўрмадингми?! Агар У зот хоҳласа сизларни кетказиб, (ўрнингизга ўзгаларни) янгитдан яратур.

258-sahifa · 13-juz · 26-hizb258-саҳифа · 13-жуз · 26-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَلَمْemasmiэмасмиتَرَkoʻrdingкўрдингأَنَّ-ki-киٱللَّهَAllohАллоҳخَلَقَyaratganiniяратганиниٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarniосмонларниوَٱلْأَرْضَva yerniва ерниبِٱلْحَقِّ ۚhaq ilaҳақ илаإِنagarагарيَشَأْistasaистасаيُذْهِبْكُمْsizlarni ketkazadiсизларни кетказадиوَيَأْتِva keltiradiва келтирадиبِخَلْقٍۢxalqхалқجَدِيدٍۢyangiянги
TafsirТафсир

Ushbu oyatda iymon va kufr orasidagi tortishuvni qoʻyib, inson vijdoniga xitob qilishga oʻtiladi. Alloh taolo har bir insonga qarata:

Ey inson,

«Alloh osmonlaru yerni haq ila yaratib qoʻyganini koʻrmadingmi?» deydi.

Osmonlarning borligi inkor qilib boʻlmas haqiqatdir. Buni har bir inson koʻrib bilib turibdi. Yerning borligi ham haqiqat, uni ham har bir inson koʻrib turibdi. Shuningdek, osmonlaru yerni Alloh yaratganligi ham rad etib boʻlmaydigan haqiqatdir. Buni har bir inson bilib, anglab yetishi lozim. Osmonlaru yerni Alloh taolo yaratgan ekan, demak, U har bir narsaga qodir Zotdir. Ey bandalar, bilinglarki, kufr keltirib, isyon qilaversangiz, Alloh:

«Agar istasa, sizlarni ketkazib, yangi xalq keltiradir».

Sizga oʻxshash nobakorlarni tamoman yoʻq qilib yuboradi-da, oʻrningizga Oʻziga iymon keltiradigan, itoat etadigan tamoman yangi xalq keltiradi-qoʻyadi.

«Bu esa, Alloh uchun qiyin emas.»

Butun borliqni, osmonlaru yerlarni, ulardagi narsalarni yoʻqdan bor qilgan Zot mazkur yaratilmishning arzimagan bir qismi boʻlgan odamlarni yoʻq qilib, oʻrniga yangi xalq keltira olmaydimi?!

Kelasi oyatlarda bu dunyoda talashib-tortishib oʻtganlarning holi oxiratda qanday boʻlishi vasf qilinadi: