وَمَا ذَٰلِكَ عَلَى ٱللَّهِ بِعَزِيزٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bu esa, Alloh uchun qiyin emas.Бу эса, Аллоҳ учун қийин эмас.Alauddin Mansour: Bu (ish) Alloh uchun qiyin emasdir.Бу (иш) Аллоҳ учун қийин эмасдир.
Ushbu oyatda iymon va kufr orasidagi tortishuvni qoʻyib, inson vijdoniga xitob qilishga oʻtiladi. Alloh taolo har bir insonga qarata:
Ey inson,
«Alloh osmonlaru yerni haq ila yaratib qoʻyganini koʻrmadingmi?» deydi.
Osmonlarning borligi inkor qilib boʻlmas haqiqatdir. Buni har bir inson koʻrib bilib turibdi. Yerning borligi ham haqiqat, uni ham har bir inson koʻrib turibdi. Shuningdek, osmonlaru yerni Alloh yaratganligi ham rad etib boʻlmaydigan haqiqatdir. Buni har bir inson bilib, anglab yetishi lozim. Osmonlaru yerni Alloh taolo yaratgan ekan, demak, U har bir narsaga qodir Zotdir. Ey bandalar, bilinglarki, kufr keltirib, isyon qilaversangiz, Alloh:
«Agar istasa, sizlarni ketkazib, yangi xalq keltiradir».
Sizga oʻxshash nobakorlarni tamoman yoʻq qilib yuboradi-da, oʻrningizga Oʻziga iymon keltiradigan, itoat etadigan tamoman yangi xalq keltiradi-qoʻyadi.
«Bu esa, Alloh uchun qiyin emas.»
Butun borliqni, osmonlaru yerlarni, ulardagi narsalarni yoʻqdan bor qilgan Zot mazkur yaratilmishning arzimagan bir qismi boʻlgan odamlarni yoʻq qilib, oʻrniga yangi xalq keltira olmaydimi?!
Kelasi oyatlarda bu dunyoda talashib-tortishib oʻtganlarning holi oxiratda qanday boʻlishi vasf qilinadi: