وَبَرَزُوا۟ لِلَّهِ جَمِيعًا فَقَالَ ٱلضُّعَفَـٰٓؤُا۟ لِلَّذِينَ ٱسْتَكْبَرُوٓا۟ إِنَّا كُنَّا لَكُمْ تَبَعًا فَهَلْ أَنتُم مُّغْنُونَ عَنَّا مِنْ عَذَابِ ٱللَّهِ مِن شَىْءٍ ۚ قَالُوا۟ لَوْ هَدَىٰنَا ٱللَّهُ لَهَدَيْنَـٰكُمْ ۖ سَوَآءٌ عَلَيْنَآ أَجَزِعْنَآ أَمْ صَبَرْنَا مَا لَنَا مِن مَّحِيصٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularning hammalari Alloh huzurida paydo bo`ldilar. Bas, zaiflar mutakabbirlarga: «Albatta, biz sizlarga tobe bo`lgan edik. Endi, sizlar ustimizdagi Allohning azobidan biror narsani yengillata olasizlarmi?» dedilar. Ular: «Agar Alloh bizni hidoyat qilganida, biz ham sizlarni, albatta, hidoyat qilar edik. Biz uchun endi, dod-voy qilamizmi yoki sabr qilamizmi — bari bir. Biz uchun qochar joy yo`q», dedilar.Уларнинг ҳаммалари Аллоҳ ҳузурида пайдо бўлдилар. Бас, заифлар мутакаббирларга: «Албатта, биз сизларга тобе бўлган эдик. Энди, сизлар устимиздаги Аллоҳнинг азобидан бирор нарсани енгиллата оласизларми?» дедилар. Улар: «Агар Аллоҳ бизни ҳидоят қилганида, биз ҳам сизларни, албатта, ҳидоят қилар эдик. Биз учун энди, дод-вой қиламизми ёки сабр қиламизми — бари бир. Биз учун қочар жой йўқ», дедилар.Alauddin Mansour: (Qiyomat Kunida) barcha (xaloyiq) Allohga roʻbaroʻ boʻlib, bechora (ergashuvchi)lar mutakabbir kimsalarga (yaʼni, oʻzlarining sobiq yoʻlboshchilariga): «Bizlar sizlarga ergashgan edik, endi sizlar bizlarni Allohning biron azobidan qutqara olurmisizlar?!» deganlarida, ular aytdilar: «Agar Alloh bizni (haq yoʻlga) hidoyat qilganida biz ham sizlarni hidoyat qilgan boʻlur edik. (Endi esa) dod-voy qilamizmi, sabr-qanoat qilamizmi, biz uchun barobardir — hech qanday najot yoʻqdir».(Қиёмат Кунида) барча (халойиқ) Аллоҳга рўбарў бўлиб, бечора (эргашувчи)лар мутакаббир кимсаларга (яъни, ўзларининг собиқ йўлбошчиларига): «Бизлар сизларга эргашган эдик, энди сизлар бизларни Аллоҳнинг бирон азобидан қутқара олурмисизлар?!» деганларида, улар айтдилар: «Агар Аллоҳ бизни (ҳақ йўлга) ҳидоят қилганида биз ҳам сизларни ҳидоят қилган бўлур эдик. (Энди эса) дод-вой қиламизми, сабр-қаноат қиламизми, биз учун баробардир — ҳеч қандай нажот йўқдир».
Qiyomat qoim boʻldi. Oʻshanda hamma xaloyiq–moʻminu kofir, muttaqiyyu osiy, kuchliyu zaif, ergashtiruvchiyu ergashuvchi, insu jin hamda shayton–
«Ularning hammalari Alloh huzurida paydo boʻldilar».
Hech bir toʻsiq yoʻq. Hamma narsa ochiq-oydin. Hamma oʻz oqibatini biladi. Shunda, ular orasida oʻzaro soʻzlashuv, ayb kimdaligini axtaruv boshlanadi.
«Bas, zaiflar mutakabbirlarga: «Albatta, biz sizlarga tobe boʻlgan edik. Endi, sizlar ustimizdagi Allohning azobidan biror narsani yengillata olasizlarmi?» dedilar.»
Zaiflar–bu dunyoda zaifhol boʻlib, oʻzidan kuchli, aqlli, yuqori mansabdorlarga ergashib gunoh etganlar qiyomat kunida Allohning huzurida ishining chatoq ekanligini anglab yetib, oʻz xoʻjayinlariga murojaat qiladilar:
«U dunyoda sizga ergashib, sizning gapingizga kirib, Allohning aytganiga yurmagan edik. Mana, endi hamma narsa ayon boʻldi. Qayta tirilish ham, qiyomat kuni ham, u dunyodagi ishlar hisob-kitob qilinishi ham haq ekan, biz sizga ergashib sodir etgan gunohlarimiz tufayli qattiq azobga uchrashimiz maʼlum boʻldi. Endi siz oʻsha azobdan biror boʻlagini qaytara olasizlarmi?»
U dunyoda izzattalab boʻlganlar, kishilarni, xususan, oʻziga qaram boʻlgan odamlarni botil yoʻlga boshlaganlar, oʻzlarini dohiy his etib yoʻl koʻrsatganlar, rahbarlar, ishboshilar bu savolga hokisor holda javob beradilar:
«Ular: «Agar Alloh bizni hidoyat qilganida, biz ham sizlarni, albatta hidoyat qilar edik».
Yaʼni, bu joyda Alloh bizning ishimizni oʻnglaganda, biz sizlarga albatta yordam berar edik. Siz talab qilayotgandek, azobingizni yengillashtirishimiz ham mumkin edi. Ammo, oʻzingiz koʻrib turibsiz, bizning holimiz siznikidan ham yuz chandon yomonroqdir. Oʻzimizni oʻnglay olmay turibmiz, ishimiz chatoq.
«Biz uchun endi, dod-voy qilamizmi yoki sabr qilamizmi, bari bir. Biz uchun qochar joy yoʻq», dedilar.»
Yaʼni, oʻziga kelib dod-voy solish va tavba orqali ishni oʻnglab olishga imkon yoʻq. Shuningdek, sabr qilsa, Alloh savob beradigan vaqt ham oʻtdi. Endi hech bir narsaning foydasi tegmaydi. Hech qanday qochadigan joy ham yoʻq, boshga tushganni koʻraverishdan boshqa iloj qolmadi.
Qiyomatda hamma Allohning huzurida paydo boʻlganida, zaiflar va mutakabbirlar tortishib, qalblari afsus-nadomatga toʻlib, figʻonlari falakka chiqib turganlarida, oʻrtaga shayton chiqadi va oʻlganning ustiga tepganday qilib soʻz boshlaydi: