وَقَالَ ٱلشَّيْطَـٰنُ لَمَّا قُضِىَ ٱلْأَمْرُ إِنَّ ٱللَّهَ وَعَدَكُمْ وَعْدَ ٱلْحَقِّ وَوَعَدتُّكُمْ فَأَخْلَفْتُكُمْ ۖ وَمَا كَانَ لِىَ عَلَيْكُم مِّن سُلْطَـٰنٍ إِلَّآ أَن دَعَوْتُكُمْ فَٱسْتَجَبْتُمْ لِى ۖ فَلَا تَلُومُونِى وَلُومُوٓا۟ أَنفُسَكُم ۖ مَّآ أَنَا۠ بِمُصْرِخِكُمْ وَمَآ أَنتُم بِمُصْرِخِىَّ ۖ إِنِّى كَفَرْتُ بِمَآ أَشْرَكْتُمُونِ مِن قَبْلُ ۗ إِنَّ ٱلظَّـٰلِمِينَ لَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ish bitib bo`lganda shayton: «Albatta, Alloh sizga haq va'dani qilgan edi. Men esa, sizga va'da berdim-u, va'damga xilof qildim. Mening ustingizdan hech qanday hukmronligim yo`q edi. Faqat da'vat qilsam, o`zingiz menga ijobat qildingiz. Bas, meni malomat qilmang, o`zingizni malomat qiling. Men sizlarni qutqaruvchi emasman, sizlar ham meni qutqaruvchi emassizlar. Endi, men, albatta, ilgari meni sherik qilganingizni inkor qilaman. Albatta, zolimlarga, ha, ularga alamli azob bor», dedi.Иш битиб бўлганда шайтон: «Албатта, Аллоҳ сизга ҳақ ваъдани қилган эди. Мен эса, сизга ваъда бердим-у, ваъдамга хилоф қилдим. Менинг устингиздан ҳеч қандай ҳукмронлигим йўқ эди. Фақат даъват қилсам, ўзингиз менга ижобат қилдингиз. Бас, мени маломат қилманг, ўзингизни маломат қилинг. Мен сизларни қутқарувчи эмасман, сизлар ҳам мени қутқарувчи эмассизлар. Энди, мен, албатта, илгари мени шерик қилганингизни инкор қиламан. Албатта, золимларга, ҳа, уларга аламли азоб бор», деди.Alauddin Mansour: Qachonki, ish tugagach (yaʼni, jannat ahli jannatga sazovor boʻlib, doʻzaxilar doʻzaxga hukm qilingach), shayton dedi: «Albatta, Alloh sizlarga haq vaʼda qilgan edi. Men esa (yolgʻon) vaʼdalar berib, sizlarni aldagan edim. (Lekin) men uchun sizlarning ustingizda hech qanday hukmronlik yoʻq edi, illo men sizlarni (kufr yoʻliga) chaqirishim bilanoq oʻzingiz menga itoat etdingiz. Endi meni emas, oʻzlaringizni malomat qilingiz. Men sizlarga yordam bera olmayman, sizlar ham menga yordam berguvchi emassiz. Albatta, men sizlar ilgari (Allohga) meni sherik qilganingizni inkor qilurman. Albatta, zolimlar (yaʼni, kofirlar) uchun alamli azob bordir.Қачонки, иш тугагач (яъни, жаннат аҳли жаннатга сазовор бўлиб, дўзахилар дўзахга ҳукм қилингач), шайтон деди: «Албатта, Аллоҳ сизларга ҳақ ваъда қилган эди. Мен эса (ёлғон) ваъдалар бериб, сизларни алдаган эдим. (Лекин) мен учун сизларнинг устингизда ҳеч қандай ҳукмронлик йўқ эди, илло мен сизларни (куфр йўлига) чақиришим биланоқ ўзингиз менга итоат этдингиз. Энди мени эмас, ўзларингизни маломат қилингиз. Мен сизларга ёрдам бера олмайман, сизлар ҳам менга ёрдам бергувчи эмассиз. Албатта, мен сизлар илгари (Аллоҳга) мени шерик қилганингизни инкор қилурман. Албатта, золимлар (яъни, кофирлар) учун аламли азоб бордир.
Bu dunyoda har bir gunoh ishning boshida turgan, har yomon qilmishga bosh-qosh boʻlgan laʼnati shayton u dunyoda hamma ish bitib, hukm chiqqandan soʻng paydo boʻladi. Bir-birini malomat qilib turgan kuchliyu zaif, ergashtirganu ularga ergashgan izdoshlariga qarab, soʻz boshlaydi:
«Albatta, Alloh sizga haq vaʼdani qilgan edi. Men esa, sizga vaʼda berdim-u, vaʼdamga xilof qildim».
Shayton shaytonligiga boradi. Ish tugab boʻlgandan keyin ochigʻini aytadi. U dunyoda kishilar qalbiga vasvasa solgan edi. Hech narsa boʻlmaydi, har kimning aytganiga yurib oʻzingni qiynama, bu besh kunlik dunyoda oʻynab qolmasang, shuyam hayotmi, kabi avrashlar bilan ularni adashtirgan edi. Ularga turli vaʼdalarni bergan edi. Endi boʻlsa, Allohning vaʼdasi haq, meniki nohaq edi, deb turibdi. Buning ustiga, hamma ishni qilib qoʻyib, yana butun aybni oʻziga ergashgan, gapiga kirganlarga agʻdaryapti:
«Mening ustingizdan hech qanday hukmronligim yoʻq edi. Faqat daʼvat qilsam, oʻzingiz menga ijobat qildingiz».
Oʻylab koʻrmaysizmi? Chaqirsa, ketaverasizmi? Men mutlaqo sizlarning ustingizda hokim emas edim. Sizni kufrga, isyonga chaqirgan vaqtimda mening gapimga kirmasangiz, sizga qarshi hech narsa qila olmas edim. Illo, oʻzingiz xohlab mening gapimga kirdingiz, aytganimni qildingiz. Shuning uchun:
«Bas, meni malomat qilmang, oʻzingizni malomat qiling».
Ayb oʻzingizda. Bu noqulay holga tushib qolganingiz uchun faqat oʻzingizni ayblang. Menga osilib yurmang.
«Men sizlarni qutqaruvchi emasman, sizlar ham meni qutqaruvchi emassizlar.»
Har kim qilganiga yarasha tortaveradi. Ammo:
«Endi, men, albatta, ilgari meni sherik qilganingizni inkor qilaman».
Sizlarga, meni Allohga sherik qilib olinglar, uning aytganini emas, mening aytganimni qilinglar, deganim yoʻq. Bu gapni aytsangiz, men inkor etaman. Sizlar meni Allohga sherik qilib olib, katta zulm qilgansizlar.
«Albatta, zolimlarga, ha, ularga alamli azob bor»,dedi.»
Ana shu paytda iymonlilar haqida ham Allohning hukmi chiqib qoladi: