وَأُدْخِلَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ جَنَّـٰتٍ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَـٰرُ خَـٰلِدِينَ فِيهَا بِإِذْنِ رَبِّهِمْ ۖ تَحِيَّتُهُمْ فِيهَا سَلَـٰمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va iymon keltirib, amali solih qilganlar ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritildi. Unda Robbilari izni ila abadiy qolurlar. Ularning undagi so`rashishlari «Salom»dir.Ва иймон келтириб, амали солиҳ қилганлар остидан анҳорлар оқиб турган жаннатларга киритилди. Унда Роббилари изни ила абадий қолурлар. Уларнинг ундаги сўрашишлари «Салом»дир.Alauddin Mansour: Iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlar ostidan daryolar oqib turadigan jannatlarga kiritilib, Parvardigorlarining izni-irodasi bilan u joyda mangu qoldilar. Ularning (jannatdagi) salom-aliklari bir-birlariga tinchlik-omonlik tilashdir.Иймон келтирган ва яхши амаллар қилган зотлар остидан дарёлар оқиб турадиган жаннатларга киритилиб, Парвардигорларининг изни-иродаси билан у жойда мангу қолдилар. Уларнинг (жаннатдаги) салом-аликлари бир-бирларига тинчлик-омонлик тилашдир.
Demak, har bir narsa oʻz joyini topdi. Mantiqiy va adolatli nihoyaga yetdi. Shayton va unga ergashganlar doʻzaxning dahshatli azobiga mahkum boʻldilar. Paygʻambarlar va ularning moʻmin ummatlari jannat va uning moddiy-maʼnaviy neʼmatlariga erishdilar. Ha,
«Va iymon keltirib, amali solih qilganlar ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritildi».
Bu dunyoda iymonli boʻlib, amali solih qilib oʻtganlarning oqibati, albatta, oxirat saodati boʻlajak. Ular oddiy emas, ostilaridan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritilajak. Ular
«Unda Robbilari izni ila abadiy qolurlar. Ularning undagi soʻrashishlari «Salom»dir».
Bu dunyoda iymon keltirib, amali solih qilib oʻtganlar u dunyoda oʻzlari kiradigan jannatga vaqtinchalikka emas, abadiylikka kirurlar. Chunki, vaqtinchalik saodat haqiqiy saodat boʻla olmaydi. Ular doʻzaxiylarga oʻxshab oʻzaro talashib-tortishmaydilar ham. Ularning bir-birlariga aytadigan gaplari salom–tinchlik boʻladi.
Yuqorida yaxshi va yomon kishilar haqida soʻz yuritildi. Endigi oyatlarda yaxshi va yomon soʻz zarbulmasal qilib keltiriladi: