QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ibrahim surasi · Oyatсураси · Оят24

أَلَمْ تَرَ كَيْفَ ضَرَبَ ٱللَّهُ مَثَلًا كَلِمَةً طَيِّبَةً كَشَجَرَةٍ طَيِّبَةٍ أَصْلُهَا ثَابِتٌ وَفَرْعُهَا فِى ٱلسَّمَآءِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh yaxshi so`zga qanday misol keltirganini ko`rmaysanmi? U xuddi bir yaxshi daraxtga o`xshaydir. Uning asli sobit turadir. Shoxlari esa, osmonda.Аллоҳ яхши сўзга қандай мисол келтирганини кўрмайсанми? У худди бир яхши дарахтга ўхшайдир. Унинг асли собит турадир. Шохлари эса, осмонда.Alauddin Mansour: (Ey inson), Alloh yaxshi soʻzga (yaʼni, iymon kalimasiga) qanday misol keltirganini koʻrgin: u soʻz xuddi bir asil daraxtga oʻxshaydiki, uning ildizi (yer ostiga) mahkam oʻrnashgan, shoxlari esa osmondadir.(Эй инсон), Аллоҳ яхши сўзга (яъни, иймон калимасига) қандай мисол келтирганини кўргин: у сўз худди бир асил дарахтга ўхшайдики, унинг илдизи (ер остига) маҳкам ўрнашган, шохлари эса осмондадир.

258-sahifa · 13-juz · 26-hizb258-саҳифа · 13-жуз · 26-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَلَمْemasmiэмасмиتَرَkoʻrdingкўрдингكَيْفَqandayқандайضَرَبَkeltirganiniкелтирганиниٱللَّهُAllohАллоҳمَثَلًۭاmisolмисолكَلِمَةًۭsoʻzgaсўзгаطَيِّبَةًۭyaxshiяхшиكَشَجَرَةٍۢdaraxtga oʻxshaydirдарахтга ўхшайдирطَيِّبَةٍyaxshiяхшиأَصْلُهَاuning asliунинг аслиثَابِتٌۭsobit turadirсобит турадирوَفَرْعُهَاva shoxlariва шохлариفِى-da-даٱلسَّمَآءِosmondaосмонда
TafsirТафсир

Yaxshi soʻz, haq soʻz iymon soʻzidir. U soʻzni Alloh taolo yaxshi, sogʻlom bir daraxtga oʻxshatmoqda:

«Alloh yaxshi soʻzga qanday misol keltirganini koʻrmaysanmi? U xuddi bir yaxshi daraxtga oʻxshaydir. Uning asli sobit turadir. Shoxlari esa, osmonda».

Ha, bu daraxtning asli sobitdir. Uning tomirlari yerga chuqur ildiz otgani uchun mustahkamdir. Turli shamollar, boʻronlar va boshqa omillar uni joyidan qimirlata olmaydi. Ayni chogʻda, bu daraxtning shoxlari osmonda, yuksaklikdadir.

«Robbi izni ila har doim mevalarini berib turadir.»

U doimo meva berib turadi. Iymon ham xuddi shu yaxshi daraxtga oʻxshaydi. Asli mustahkam. Hech narsadan taʼsirlanmaydi. Martabasi oliy. Doimo samarasini ham berib turadi.

«Alloh, shoyad eslasalar deb, odamlarga misollar keltiradir.»

Mazkur yaxshi soʻzning aksi boʻlmish