تُؤْتِىٓ أُكُلَهَا كُلَّ حِينٍۭ بِإِذْنِ رَبِّهَا ۗ وَيَضْرِبُ ٱللَّهُ ٱلْأَمْثَالَ لِلنَّاسِ لَعَلَّهُمْ يَتَذَكَّرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Robbi izni ila har doim mevalarini berib turadir. Alloh, shoyad eslasalar deb, odamlarga misollar keltiradir.Робби изни ила ҳар доим меваларини бериб турадир. Аллоҳ, шояд эсласалар деб, одамларга мисоллар келтирадир.Alauddin Mansour: (U) Parvardigorining izni-irodasi bilan mudom meva berur. Alloh odamlar eslatma-ibrat olishlari uchun mana shunday misollar keltirur.(У) Парвардигорининг изни-иродаси билан мудом мева берур. Аллоҳ одамлар эслатма-ибрат олишлари учун мана шундай мисоллар келтирур.
Yaxshi soʻz, haq soʻz iymon soʻzidir. U soʻzni Alloh taolo yaxshi, sogʻlom bir daraxtga oʻxshatmoqda:
«Alloh yaxshi soʻzga qanday misol keltirganini koʻrmaysanmi? U xuddi bir yaxshi daraxtga oʻxshaydir. Uning asli sobit turadir. Shoxlari esa, osmonda».
Ha, bu daraxtning asli sobitdir. Uning tomirlari yerga chuqur ildiz otgani uchun mustahkamdir. Turli shamollar, boʻronlar va boshqa omillar uni joyidan qimirlata olmaydi. Ayni chogʻda, bu daraxtning shoxlari osmonda, yuksaklikdadir.
«Robbi izni ila har doim mevalarini berib turadir.»
U doimo meva berib turadi. Iymon ham xuddi shu yaxshi daraxtga oʻxshaydi. Asli mustahkam. Hech narsadan taʼsirlanmaydi. Martabasi oliy. Doimo samarasini ham berib turadi.
«Alloh, shoyad eslasalar deb, odamlarga misollar keltiradir.»
Mazkur yaxshi soʻzning aksi boʻlmish