وَمَثَلُ كَلِمَةٍ خَبِيثَةٍ كَشَجَرَةٍ خَبِيثَةٍ ٱجْتُثَّتْ مِن فَوْقِ ٱلْأَرْضِ مَا لَهَا مِن قَرَارٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yomon so`zning misoli, xuddi yomon daraxtga o`xshaydir. U yerdan uzilib qolgan, uning qarori yo`qdir.Ёмон сўзнинг мисоли, худди ёмон дарахтга ўхшайдир. У ердан узилиб қолган, унинг қарори йўқдир.Alauddin Mansour: Yomon soʻzning (yaʼni, kufr soʻzning) misoli esa yerdan (ildizi) uzilib qolgan, bir joyda (oʻrnashib) qoʻnim topmaydigan nopok daraxtga oʻxshar.Ёмон сўзнинг (яъни, куфр сўзнинг) мисоли эса ердан (илдизи) узилиб қолган, бир жойда (ўрнашиб) қўним топмайдиган нопок дарахтга ўхшар.
Yomon soʻz, botil soʻz kufr soʻzdir. U ildizi yerdan uzilgan, qoʻporilgan, beqaror bir daraxtga oʻxshaydi. Suvrati, shakli daraxtni eslatadi. Ammo, uning na yerga chuqur ildiz otgan tomiri, na osmonga koʻtarilgan shoxlari va na mevasi bor. Shunga oʻxshab, kufrning ham asli mustahkam emas. Sal narsaga qulaydi. Maqtashga arzimaydi. Beradigan samarasi ham yoʻq.