يُثَبِّتُ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ بِٱلْقَوْلِ ٱلثَّابِتِ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا وَفِى ٱلْـَٔاخِرَةِ ۖ وَيُضِلُّ ٱللَّهُ ٱلظَّـٰلِمِينَ ۚ وَيَفْعَلُ ٱللَّهُ مَا يَشَآءُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh iymon keltirganlarni bu dunyo hayotida ham, oxiratda ham sobit so`z ila sobitqadam qilur. Alloh zolimlarni zalolatga ketkazur. Alloh xohlaganini qilur.Аллоҳ иймон келтирганларни бу дунё ҳаётида ҳам, охиратда ҳам собит сўз ила собитқадам қилур. Аллоҳ золимларни залолатга кетказур. Аллоҳ хоҳлаганини қилур.Alauddin Mansour: Alloh iymon keltirgan kishilarni hayoti dunyoda ham, Oxiratda ham ustivor Soʻz (iymon kalimasi) bilan sobitqadam qilur. Zolimlarni esa Alloh (haq) yoʻldan ozdirur. Alloh Oʻzi xohlagan ishni qilur.Аллоҳ иймон келтирган кишиларни ҳаёти дунёда ҳам, Охиратда ҳам устивор Сўз (иймон калимаси) билан собитқадам қилур. Золимларни эса Аллоҳ (ҳақ) йўлдан оздирур. Аллоҳ Ўзи хоҳлаган ишни қилур.
Alloh taolo moʻmin bandalarni iymonli boʻlganlari uchun, sobit soʻzni, iymon soʻzini aytib, unga amal qilganlari tufayli bu dunyoyu oxiratda sobitqadam qiladi. Ha,
«Alloh iymon keltirganlarni bu dunyo hayotida ham, oxiratda ham sobit soʻz ila sobitqadam qilur».
Bu dunyoda iymon soyasida yashagani uchun, moʻmin banda sobitqadam boʻladi. Har bir qiladigan ishi, aytadigan soʻzi aniq, oldindan Alloh tomonidan koʻrsatib qoʻyilgan, oldindan nima qilishi va oqibati nima boʻlishini yaxshi bilgan, bilganda ham asosiy masdar, yaʼni, Alloh taolo tomonidan yuborilgan Paygʻambar va Kitoblardan bilgan odam sobitqadam boʻlmay, kim boʻlsin?! Shuningdek, Alloh taolo moʻmin bandalarni sobit soʻz–iymon ila oxiratda ham sobitqadam qiladi. Oxiratda moʻmin sobitqadam boʻlmasa, kim sobitqadam boʻladi?!
«Alloh zolimlarni zalolatga ketkazur.»
Ular zolim boʻlganlari uchun zalolatga ketadi. Shuning uchun, ular ikki dunyoda ham sobitqadam boʻla olmaydilar.
«Alloh xohlaganini qilur.»
Uning istagi, xohishi va irodasining cheki yoʻq.
Suraning boshidan shu yergacha Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam va Muso alayhissalomning Paygʻambarliklari toʻgʻrisida, ularning odamlarni zulmatlardan nurga olib chiqish uchun qilgan harakatlari, shuningdek, boshqa Paygʻambarlarning qavmlari bilan oralarida oʻtgan bahslari, ularning natijalari haqida soʻz yuritildi.
Endi esa, Muhammad sollallohu alayhi vasallamning qavmlaridan kofirlik yoʻlini tanlaganlari haqida soʻz ketadi: