QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ibrahim surasi · Oyatсураси · Оят37

رَّبَّنَآ إِنِّىٓ أَسْكَنتُ مِن ذُرِّيَّتِى بِوَادٍ غَيْرِ ذِى زَرْعٍ عِندَ بَيْتِكَ ٱلْمُحَرَّمِ رَبَّنَا لِيُقِيمُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ فَٱجْعَلْ أَفْـِٔدَةً مِّنَ ٱلنَّاسِ تَهْوِىٓ إِلَيْهِمْ وَٱرْزُقْهُم مِّنَ ٱلثَّمَرَٰتِ لَعَلَّهُمْ يَشْكُرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey Robbimiz, haqiqatda men o`z zurriyotimdan Sening Baytul Haroming yoniga, giyohsiz vodiyga joylashtirdim. Ey Robbimiz, namozni to`kis ado etishlari uchun. Bas, O`zing odamlardan ba'zilarining qalblarini ularga talpinadigan qilgin va ularni mevalardan rizqlantirgin. Shoyad, shukr qilsalar.Эй Роббимиз, ҳақиқатда мен ўз зурриётимдан Сенинг Байтул Ҳароминг ёнига, гиёҳсиз водийга жойлаштирдим. Эй Роббимиз, намозни тўкис адо этишлари учун. Бас, Ўзинг одамлардан баъзиларининг қалбларини уларга талпинадиган қилгин ва уларни мевалардан ризқлантиргин. Шояд, шукр қилсалар.Alauddin Mansour: Parvardigoro, albatta men zurriyotimdan (bir boʻlagini — oʻgʻlim Ismoil va uning onasi Hojarni) Sening hurmatli Bayting huzuridagi ekin oʻsmaydigan bir vodiyga joylashtirdim. Parvardigoro, (ular) namozni toʻkis ado qilsinlar deb (shunday qildim). Bas, Sen Oʻzing odamlarning dillarini ularga moyil qilib qoʻygil va ularni (barcha) mevalardan bahramand etgil. Shoyad shukr qilsalar.Парвардигоро, албатта мен зурриётимдан (бир бўлагини — ўғлим Исмоил ва унинг онаси Ҳожарни) Сенинг ҳурматли Байтинг ҳузуридаги экин ўсмайдиган бир водийга жойлаштирдим. Парвардигоро, (улар) намозни тўкис адо қилсинлар деб (шундай қилдим). Бас, Сен Ўзинг одамларнинг дилларини уларга мойил қилиб қўйгил ва уларни (барча) мевалардан баҳраманд этгил. Шояд шукр қилсалар.

260-sahifa · 13-juz · 26-hizb260-саҳифа · 13-жуз · 26-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
رَّبَّنَآey Robbimizэй Роббимизإِنِّىٓhaqiqatda menҳақиқатда менأَسْكَنتُjoylashtirdimжойлаштирдимمِن-dan-данذُرِّيَّتِىoʻz zurriyotimdanўз зурриётимданبِوَادٍvodiygaводийгаغَيْرِemasэмасذِىegasiэгасиزَرْعٍekin (giyoh)экин (гиёҳ)عِندَyonigaёнигаبَيْتِكَSening BaytingСенинг БайтингٱلْمُحَرَّمِHaroming (muqaddas)Ҳароминг (муқаддас)رَبَّنَاey Robbimizэй Роббимизلِيُقِيمُوا۟toʻkis ado etishlari uchunтўкис адо этишлари учунٱلصَّلَوٰةَnamozniнамозниفَٱجْعَلْbas, Oʻzing qilginбас, Ўзинг қилгинأَفْـِٔدَةًۭqalblariniқалблариниمِّنَ-dan-данٱلنَّاسِodamlardan (baʼzilari)одамлардан (баъзилари)تَهْوِىٓtalpinadiganталпинадиганإِلَيْهِمْulargaуларгаوَٱرْزُقْهُمva ularni rizqlantirginва уларни ризқлантиргинمِّنَ-dan-данٱلثَّمَرَٰتِmevalardanмеваларданلَعَلَّهُمْshoyad ularшояд уларيَشْكُرُونَshukr qilsalarшукр қилсалар
TafsirТафсир

Ibrohim alayhissalom oʻz zurriyotidan boʻlmish Ismoil alayhissalomni Allohning Baytul Haromi yoniga, oʻsimliksiz vodiyga joylashtirishlarining bosh sababini namoz demoqdalar.

«Ey Robbimiz, namozni toʻkis ado etishlari uchun.»

Ibrohim alayhissalom Allohga ibodat qilishlari, namozni toʻkis ado etishlari uchun zurriyotlaridan baʼzisini mashaqqatlarga toʻla, suvsiz, giyohsiz, issiq choʻlning oʻrtasiga joylashtirdilar.

Odatda, odamlar giyohsiz choʻllarga borishni istamaydilar. U yerdagi mashaqqatlardan qoʻrqadilar. Ey Robbimiz:

«Bas, Oʻzing odamlardan baʼzilarining qalblarini ularga talpinadigan qilgin...»

Ularning qalblari doimo oʻsha, men zurriyotimdan baʼzisini joylashtirgan, Baytul Harom yonidagi vodiyga talpinib turadigan boʻlsin.

«...va ularni mevalardan rizqlantirgin.»

Oʻsha zurriyotimni va ular bilan birga oʻsha yerda yashayotganlarni mevalardan rizqlantirgin.

«Shoyad, shukr qilsalar», deb duo qildilar.

Alloh taolo Ibrohim alayhissalomning bu duolarini qabul etdi. Mazkur yurtni, Harami Sharifni omonlik yurti qilib qoʻydi. Uning omonligiga tahdid soladiganlarni halok qildi. U yerdagilar Allohga ibodatni toʻgʻri qilib, namozni toʻkis ado etganlarida, omonlikka qoʻshib toʻqchilikni ham berdi. Musulmon boʻlgan odamlar qalbini oʻsha tomonga talpinib turadigan etib qoʻydi. U joyniyu aholisini, yerlarida hech narsa oʻsmasligiga qaramasdan, turli mevalar bilan rizqlantirib qoʻydi. Faqat, oʻsha yer aholisining shukr qilishi qoldi, xolos. Muhammad sollallohu alayhi vasallam Paygʻambar qilib yuborilishlari arafasida va daʼvatlarini boshlagan paytlarida esa, ularning noshukrligi haddan oshgan edi. Alloh taologa ibodat qilish oʻrniga, ular butu sanamlarga ibodat qilardilar. Hatto Kaʼbatullohning ichiga ham butlarni olib kirib qoʻygan edilar. Muhammad sollallohu alayhi vasallam fath kuni Baytullohni ulardan tozaladilar.