QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ibrahim surasi · Oyatсураси · Оят36

رَبِّ إِنَّهُنَّ أَضْلَلْنَ كَثِيرًا مِّنَ ٱلنَّاسِ ۖ فَمَن تَبِعَنِى فَإِنَّهُۥ مِنِّى ۖ وَمَنْ عَصَانِى فَإِنَّكَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey Robbim, albatta, u(sanam)lar odamlardan ko`pini adashtirdilar. Bas, kim menga ergashsa, u mendandir. Kim menga osiy bo`lsa, albatta, O`zing mag`firat qilguvchi va rahimlisan.Эй Роббим, албатта, у(санам)лар одамлардан кўпини адаштирдилар. Бас, ким менга эргашса, у мендандир. Ким менга осий бўлса, албатта, Ўзинг мағфират қилгувчи ва раҳимлисан.Alauddin Mansour: Parvardigorim, u butlar koʻpdan-koʻp odamlarni yoʻldan ozdirdilar. Bas, kim menga ergashsa, ana oʻsha mendandir (yaʼni, mening dinimdadir). Kim menga isyon qilsa, yana Oʻzing magʻfiratli, mehribonsan (yaʼni, unday kimsalarni ham haq yoʻlga hidoyat qilishga qodirsan).Парвардигорим, у бутлар кўпдан-кўп одамларни йўлдан оздирдилар. Бас, ким менга эргашса, ана ўша мендандир (яъни, менинг динимдадир). Ким менга исён қилса, яна Ўзинг мағфиратли, меҳрибонсан (яъни, ундай кимсаларни ҳам ҳақ йўлга ҳидоят қилишга қодирсан).

260-sahifa · 13-juz · 26-hizb260-саҳифа · 13-жуз · 26-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
رَبِّey Robbimэй Роббимإِنَّهُنَّalbatta, ularалбатта, уларأَضْلَلْنَadashtirdilarадаштирдиларكَثِيرًۭاkoʻpiniкўпиниمِّنَ-dan-данٱلنَّاسِ ۖodamlardanодамларданفَمَنbas, kimбас, кимتَبِعَنِىmenga ergashsaменга эргашсаفَإِنَّهُۥalbatta, uалбатта, уمِنِّى ۖmendandirмендандирوَمَنْva kimва кимعَصَانِىmenga osiy boʻlsaменга осий бўлсаفَإِنَّكَalbatta, Oʻzingалбатта, Ўзингغَفُورٌۭmagʻfirat qilguvchiмағфират қилгувчиرَّحِيمٌۭrahmlisanраҳмлисан
TafsirТафсир

Ibrohim alayhissalom oʻz davrlarida va undan oldingi zamonlarda but-sanamlar koʻplab kishilarning zalolatga ketishiga sabab boʻlganini yaxshi bilar edilar. Shuning uchun ham, ushbu maʼnodagi duoni qildilar:

«Ey Robbim, albatta, u(sanam)lar odamlardan koʻpini adashtirdilar».

Ha, tarixda koʻp odamlar butu sanamlar tufayli toʻgʻri yoʻldan ozdilar. Fitnaga uchradilar.

«Bas, kim menga ergashsa, u mendandir. Kim menga osiy boʻlsa, albatta, Oʻzing magʻfirat qilguvchi va rahimlisan.»

U kishi alayhissalom odamlarni shunday ajratib olganlar: menga ergashganlar Allohning yoʻliga yurgan, toʻgʻri yoʻldagi kishilar boʻladi; menga osiy boʻlganlar esa, gunohkor va kofir boʻladilar. Ey Robbim, ularning gunohlarini Oʻzing kech, rahim aylab, toʻgʻri yoʻlga boshla.

Ibrohim alayhissalom Paygʻambarlar ichida juda ham haliym va yumshoq qalblik bilan ajralib turadilar. Har doim kofirlarga hidoyat soʻrab duo qiladilar. Ibrohim alayhissalom duolarida davom etib aytadilarki: