QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ibrahim surasi · Oyatсураси · Оят35

وَإِذْ قَالَ إِبْرَٰهِيمُ رَبِّ ٱجْعَلْ هَـٰذَا ٱلْبَلَدَ ءَامِنًا وَٱجْنُبْنِى وَبَنِىَّ أَن نَّعْبُدَ ٱلْأَصْنَامَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Esla, Ibrohim shunday demishdi: «Ey Robbim, bu yurtni omonlik yurti qilgin, meni va bolalarimni sanamlarga ibodat qilishimizdan chetda qilgin.Эсла, Иброҳим шундай демишди: «Эй Роббим, бу юртни омонлик юрти қилгин, мени ва болаларимни санамларга ибодат қилишимиздан четда қилгин.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), eslang, Ibrohim aytgan edi: «Parvardigorim, bu shaharni (yaʼni, Makkani) tinch shahar qilgin, meni va bolalarimni butlarga bandalik qilishdan yiroq qilgin.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), эсланг, Иброҳим айтган эди: «Парвардигорим, бу шаҳарни (яъни, Маккани) тинч шаҳар қилгин, мени ва болаларимни бутларга бандалик қилишдан йироқ қилгин.

260-sahifa · 13-juz · 26-hizb260-саҳифа · 13-жуз · 26-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذْesla, oʻshandaэсла, ўшандаقَالَdemishdiдемишдиإِبْرَٰهِيمُIbrohimИброҳимرَبِّey Robbimэй Роббимٱجْعَلْqilginқилгинهَـٰذَاbuбуٱلْبَلَدَyurtniюртниءَامِنًۭاomonlik yurtiомонлик юртиوَٱجْنُبْنِىva meni chetda qilginва мени четда қилгинوَبَنِىَّva bolalarimniва болаларимниأَن-dan-данنَّعْبُدَibodat qilishimizdanибодат қилишимизданٱلْأَصْنَامَsanamlargaсанамларга
TafsirТафсир

Maʼlumki, Ibrohim alayhissalom Makkai Mukarramada ikki marta bir-biriga oʻxshash duo qilganlar. Birinchi marta Bibi Hojar bilan goʻdak Ismoil alayhissalomni qoldirib ketayotib duo etadilar. Ikkinchi marta esa, Kaʼbatulloh binosi qurib boʻlinganidan soʻng duo qilganlar. Biz oʻrganayotgan duolari ikkinchisidir.

«Ey Robbim, bu yurtni omonlik yurti qilgin...»

Omonlik ulugʻ neʼmat hisoblanadi. Unga boshqa juda koʻp neʼmatlar bogʻliq boʻladi. Shuning uchun, Ibrohim alayhissalom Kaʼbatulloh–Baytulloh qurilgan yurtning omonlik yurti boʻlishini Allohdan soʻramoqdalar. Omonlik Alloh tomonidan berilganidan keyin unga shukr qilinishi kerak edi. Ammo Muhammad sollallohu alayhi vasallam davrlaridagi Makka ahllarining koʻplari shukr qilmadilar. Ular Allohning uyi–Kaʼbatulloh sharafidan omonlikda yashadilar-u, lekin Allohga shukr etmadilar. Allohga, Uning Paygʻambari va tushirgan kitobiga iymon keltirmadilar. Ular, otamiz Ibrohimning dinidamiz, deb daʼvo qildilar. Holbuki, Ibrohim alayhissalom Kaʼbatullohni qurib boʻlgan chogʻlarida Allohga

«...meni va bolalarimni sanamlarga ibodat qilishimizdan chetda qilgin», deb yolborgan edilar. Demak, arab mushriklarining daʼvolari puch. Ular Alloh bergan neʼmatlarga shukr ham qilmadilar, otalari Ibrohim alayhissalomning yoʻllaridan ham yurganlari yoʻq. U kishi alayhissalom butu sanamlar haqida yana shunday degan edilar: