وَءَاتَىٰكُم مِّن كُلِّ مَا سَأَلْتُمُوهُ ۚ وَإِن تَعُدُّوا۟ نِعْمَتَ ٱللَّهِ لَا تُحْصُوهَآ ۗ إِنَّ ٱلْإِنسَـٰنَ لَظَلُومٌ كَفَّارٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va U sizga barcha so`ragan narsalaringizdan berdi. Agar Allohning ne'matlarini sanasangiz, sanog`iga yeta olmassizlar. Albatta, inson o`ta zolim va o`ta noshukrdir.Ва У сизга барча сўраган нарсаларингиздан берди. Агар Аллоҳнинг неъматларини санасангиз, саноғига ета олмассизлар. Албатта, инсон ўта золим ва ўта ношукрдир.Alauddin Mansour: Shuningdek, sizlarga barcha soʻragan narsalaringizdan ato etdi. Agar Allohning neʼmatlarini sanasangizlar, sanogʻiga yetolmaysizlar. Haqiqatan, inson zoti oʻta zolim va juda noshukrdir.Шунингдек, сизларга барча сўраган нарсаларингиздан ато этди. Агар Аллоҳнинг неъматларини санасангизлар, саноғига етолмайсизлар. Ҳақиқатан, инсон зоти ўта золим ва жуда ношукрдир.
Avvalgi oyatlarda tilga olingan umumiy neʼmatlardan tashqari, Alloh bandalariga ular soʻragan mol-dunyo, farzand, sihat-salomatlik, rohat-farogʻat kabi koʻplab neʼmatlardan ham beradi. Xulosa qilib aytilganda:
«Agar Allohning neʼmatlarini sanasangiz, sanogʻiga yeta olmassizlar».
Alloh taoloning insonlarga ato etgan neʼmatlarini zamon ham, makon ham, sanoq ham qamrab ola bilmaydi. Xoʻsh, qanday qilib ularni maʼlum zamonda, maʼlum makonda yashaydigan, maʼlum ilmga ega odamlar sanay oladi? Shunday boʻlgach, barcha insonlar bu behisob neʼmatlar uchun har doim hisobsiz shukrlar aytishlari kerak edi. Afsuski, ular Allohga shirk keltirib, kofir boʻlib yuribdilar.
«Albatta, inson oʻta zolim va oʻta noshukrdir.»
Ammo, ularning orasida shukr qiluvchilari ham topiladi. Bunga misol Ibrohim alayhissalomdir. Kelasi oyatlarda hammaga, jumladan, otamiz Ibrohimning dinidamiz, deb daʼvo eta turib, aslida noshukrchilik qilayotgan arab mushriklariga ham oʻrnak boʻlsin uchun, u zot alayhissalomning shukrlaridan namuna keltiriladi.