الٓر ۚ تِلْكَ ءَايَـٰتُ ٱلْكِتَـٰبِ وَقُرْءَانٍ مُّبِينٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alif. Laam. Ro. Ushbular kitobning va ravshan Qur'onning oyatlaridir.Алиф. Лаам. Ро. Ушбулар китобнинг ва равшан Қуръоннинг оятларидир.Alauddin Mansour: Alif, Lom, Ro. Ushbu (oyatlar) Kitobning — ochiq Qurʼonning oyatlaridir.Алиф, Лом, Ро. Ушбу (оятлар) Китобнинг — очиқ Қуръоннинг оятларидир.
Muqattaot harflari haqida avval oʻtgan suralarda gapirildi. Arab tilidagi mazkur harflardan tuzilgan ushbu oyatlar kitobning–ravshan Qurʼonning oyatlaridir. Bu harflarni hamma ham ishlatishi mumkin. Ammo Qurʼoning mislini hech kim keltira olmaydi . Shu tufayli, hamma Qurʼonning ilohiy moʻʼjiza ekanligiga tan berib, iymon keltirmogʻi lozim. Ammo koʻplar iymon kalimasini aytish oʻrniga, Qurʼonga kufr keltirib yuribdi.