رُّبَمَا يَوَدُّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لَوْ كَانُوا۟ مُسْلِمِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Hali, kufr keltirganlar musulmon bo`lishni ham istab qolurlar.Ҳали, куфр келтирганлар мусулмон бўлишни ҳам истаб қолурлар.Alauddin Mansour: Hali (Qiyomat Kuni) kofir boʻlgan kimsalar musulmon boʻlishni istab qolurlar.Ҳали (Қиёмат Куни) кофир бўлган кимсалар мусулмон бўлишни истаб қолурлар.
Hozir ular kufrga ketib, hovliqib yurishibdi. Ammo bir vaqt keladiki, «Koshki, biz ham musulmon boʻlganimizda edi», deb qolishadi.
Ushbu oyatda aytilayotgan holat jon taslim qilish chogʻida, qiyomat kuni Alloh taolo musulmonlarni Oʻz rahmati ila jannatga kiritayotgan paytda, baʼzi gunohlari tufayli doʻzaxga tushgan ahli qiblalar undan ozod boʻlib jannatga oʻtayotganlarida boʻladi. Yaʼni, shu holatlarda kofirlar musulmon boʻlmaganlariga ich-ichlaridan afsus etadilar va «Koshki, biz ham musulmon boʻlsak edik», deb orzu qiladilar. Ammo ungacha: