ذَرْهُمْ يَأْكُلُوا۟ وَيَتَمَتَّعُوا۟ وَيُلْهِهِمُ ٱلْأَمَلُ ۖ فَسَوْفَ يَعْلَمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularni tek qo`y, yeb-ichib, huzurlanib, umidlar ila mashg`ul bo`lib yuraversinlar. Bas, tezda bilurlar.Уларни тек қўй, еб-ичиб, ҳузурланиб, умидлар ила машғул бўлиб юраверсинлар. Бас, тезда билурлар.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ularni qoʻyavering, yeb-ichib, foydalanib qolsinlar, orzu-havaslariga mashgʻul boʻlaversinlar. Bas, yaqinda (bu qilmishlarining oqibati nima boʻlishini) bilib olurlar.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), уларни қўяверинг, еб-ичиб, фойдаланиб қолсинлар, орзу-ҳавасларига машғул бўлаверсинлар. Бас, яқинда (бу қилмишларининг оқибати нима бўлишини) билиб олурлар.
Hozircha, bu dunyoning besh kunlik hayotida kofirlarni oʻz holiga qoʻyib qoʻyaver. Hayvonga oʻxshab yeb-ichib, huzurlanib, mazza qilib yuraversinlar. Ularning yeb-ichishdan va lazzat ketidan quvishdan oʻzga ishlari ham boʻlmasin. U kofirlar, osiylar turli orzu-
«...umidlar ila mashgʻul boʻlib yuraversinlar.»
Ertaga uni, indinga buni qilaman, desin. Orzu ketidan orzu, umid ketidan umid qilaversinlar. Oxir-oqibat kelib, butun mashgʻulotlari, butun ishlari shunga oʻxshash tirikchilik orzu-umididan iborat boʻlib qolsin. Ammo fursati kelsa:
«Bas, tezda bilurlar».
Nimani biladilar? Asl ish, asl haqiqat qayoqda ekanini anglaydilar. Asl huzur-halovat, asl orzu-umid nimada boʻlishi kerakligini biladilar. Chunki ular hozirgi holatlarida abadiy qolmaydilar. Hamma narsaning ham vaqti-soati bor.