وَمَآ أَهْلَكْنَا مِن قَرْيَةٍ إِلَّا وَلَهَا كِتَابٌ مَّعْلُومٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz ma'lum bitiksiz hech bir shaharni halok etganimiz yo`q.Биз маълум битиксиз ҳеч бир шаҳарни ҳалок этганимиз йўқ.Alauddin Mansour: Biz biron shaharni (yaʼni, uning aholisini) halok qilgan emasmiz, magar uning uchun aniq muddat boʻlgandir (yaʼni, oʻsha muddati — ajali bitgandan soʻnggina halok qilganmiz.Биз бирон шаҳарни (яъни, унинг аҳолисини) ҳалок қилган эмасмиз, магар унинг учун аниқ муддат бўлгандир (яъни, ўша муддати — ажали битгандан сўнггина ҳалок қилганмиз.
Yaʼni, qaysi shaharni halok etgan boʻlsak, faqat belgilangan bitik va vaqtga koʻra halok etdik, xolos. Oʻtmishda koʻplab shaharlar aholisi halokatga uchragan. Ular tartibsiz, bekordan-bekorga, ermak uchun halok etilgan emas. Balki hammasi Allohning huzuridagi belgilab qoʻyilgan, yozib qoʻyilgan kitob–bitikka asosan boʻlgan. Alloh taolo har bir shahar, qishloq aholisiga hayotni va uning neʼmatlarini berib qoʻyib, qarab turadi. Agar ular iymon keltirib, ibodatda sobitqadam boʻlib, shukr etsalar, Alloh ularga barcha neʼmatlarini ziyoda qiladi. Ammo, oʻzlaridan ketib, noshukrlik qilsalar, faqat yeb-ichish, lazzatlanish va orzu-umidlar ila hayot kechirishga oʻtib qolsalar, halokatga uchraydilar. Baʼzi bir ummatlarda mazkur shartlar mavjud boʻladi. Ammo halokatga uchramay turadilar. Chunki, ularda halokatdan vaqtincha toʻsadigan baʼzi sifatlar boʻladi. Misol uchun, oʻsha jamiyatda nisbiy adolat, yer yuzini obod qilishga kuchli urinish yoki shunga oʻxshash yaxshilik sifatlari boʻlishi mumkin. Modomiki, oʻsha sifatlar bor ekan, u ummatning halokati ortga surilib turaveradi. Ular nihoyasiga yetganida esa, halokat keladi.