مَّا تَسْبِقُ مِنْ أُمَّةٍ أَجَلَهَا وَمَا يَسْتَـْٔخِرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Hech bir ummat o`z ajalidan o`zib keta olmas va ortda ham qola olmas.Ҳеч бир уммат ўз ажалидан ўзиб кета олмас ва ортда ҳам қола олмас.Alauddin Mansour: Biron avlod oʻz ajalidan ilgari keta olmaydi. Shuningdek, (undan) ortda ham qola olmaydi.Бирон авлод ўз ажалидан илгари кета олмайди. Шунингдек, (ундан) ортда ҳам қола олмайди.
Hammaning belgilangan ajali bor. Har bir ish oʻsha ajalga muvofiq sodir boʻladi. Undan ilgarilab ham ketmaydi, ortda ham qolmaydi.
Oʻtgan ummatlarning hollari, ular bilan boʻladigan muomalaning umumiy qoidasi aytib oʻtilgandan keyin, Qurʼon endi nozil boʻlayotgan paytdagi ummatning oʻsha eski xatolarni takrorlab, orzuumidlarga berilib, Paygʻambarlarni kamsitib, xoʻrlab, tahqirlab, Qurʼon va dinni inkor qilayotganlari zikr etiladi.