QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hijr surasi · Oyatсураси · Оят6

وَقَالُوا۟ يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِى نُزِّلَ عَلَيْهِ ٱلذِّكْرُ إِنَّكَ لَمَجْنُونٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Ey, zikr nozil qilingan kishi, albatta, sen majnunsan.Улар: «Эй, зикр нозил қилинган киши, албатта, сен мажнунсан.Alauddin Mansour: Ular (yaʼni, Makka kofirlari Muhammad alayhis-salotu vas-salomni masxara qilishib): «Ey (oʻziga) eslatma — Kurʼon nozil kilingan (deb daʼvo qilayotgan) kishi, darhaqiqat, sen majnunsan.Улар (яъни, Макка кофирлари Муҳаммад алайҳис-салоту вас-саломни масхара қилишиб): «Эй (ўзига) эслатма — Куръон нозил килинган (деб даъво қилаётган) киши, дарҳақиқат, сен мажнунсан.

262-sahifa · 14-juz · 27-hizb262-саҳифа · 14-жуз · 27-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَقَالُوا۟va ular dedilarва улар дедиларيَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلَّذِى(shunday) kishi(шундай) кишиنُزِّلَnozil qilinganнозил қилинганعَلَيْهِungaунгаٱلذِّكْرُzikrзикрإِنَّكَalbatta, senалбатта, сенلَمَجْنُونٌۭmajnunsanмажнунсан
TafsirТафсир

Yaʼni, kofirlar, Makka mushriklari oʻz Paygʻambarlariga:

«Ey, zikr nozil qilingan kishi, albatta, sen majnunsan», deydilar.

«Zikr» (eslatma)–Qurʼoni Karimning nomlaridan biridir. Mushriklar bu odobsiz gaplari ila ham Muhammad sollallohu alayhi vasallamning Paygʻambarliklarini, ham Qurʼoni Karimning ilohiy kitob ekanligini inkor qilmoqdalar. Faqat inkor qilibgina qolmay, balki katta tuhmat ham etmoqdalar, Muhammad sollallohu alayhi vasallamni jinnilikda ayblamoqdalar.

«Hech shak-shubhasiz, sen jinnidirsan», demoqdalar.

Ular oʻz soʻzlarida davom etib: