لَّوْ مَا تَأْتِينَا بِٱلْمَلَـٰٓئِكَةِ إِن كُنتَ مِنَ ٱلصَّـٰدِقِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar rostgo`ylardan bo`lsang, bizga farishtalarni keltirsang-chi!» derlar.Агар ростгўйлардан бўлсанг, бизга фаришталарни келтирсанг-чи!» дерлар.Alauddin Mansour: Agar («Men Allohning paygʻambariman», degan daʼvoingda) rostgoʻylardan boʻlsang, bizga (soʻzlaringni tasdiqlaydigan) farishtalarni keltirgin-chi», dedilar.Агар («Мен Аллоҳнинг пайғамбариман», деган даъвоингда) ростгўйлардан бўлсанг, бизга (сўзларингни тасдиқлайдиган) фаришталарни келтиргин-чи», дедилар.
Yaʼni, kofirlar, agar sen Alloh tomonidan yuborilgan Paygʻambar ekanliging haqidagi daʼvoingda rostgoʻy boʻlsang, Paygʻambar ekanliging rost boʻlsa, bizga bir farishtani keltir-chi, uni koʻrib, soʻngra senga ishonaylik, deyishmoqda. Bu gap ham, avvalgi suralarda aytib oʻtilgandek, oʻzlariga oʻxshagan odamning Paygʻambar boʻlishini aqliga sigʻdira olmaslikdan kelib chiqadi. Bu johilona gapning raddiga Alloh quyidagicha javob beradi: