QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hijr surasi · Oyatсураси · Оят14

وَلَوْ فَتَحْنَا عَلَيْهِم بَابًا مِّنَ ٱلسَّمَآءِ فَظَلُّوا۟ فِيهِ يَعْرُجُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar ularga osmondan bir eshik ochsag-u, undan chiqib tursalar ham.Агар уларга осмондан бир эшик очсаг-у, ундан чиқиб турсалар ҳам.Alauddin Mansour: Agar Biz ularga osmondan bir darvoza ochib qoʻysag-u, undan (osmonga) koʻtarila boshlasalar ham,Агар Биз уларга осмондан бир дарвоза очиб қўйсаг-у, ундан (осмонга) кўтарила бошласалар ҳам,

262-sahifa · 14-juz · 27-hizb262-саҳифа · 14-жуз · 27-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَوْva agarва агарفَتَحْنَاochsakочсакعَلَيْهِمulargaуларгаبَابًۭاbir eshikбир эшикمِّنَ-dan-данٱلسَّمَآءِosmonосмонفَظَلُّوا۟bas, turaversalar hamбас, тураверсалар ҳамفِيهِundanунданيَعْرُجُونَchiqibчиқиб
TafsirТафсир

Demak, ularning iymon keltirmayotganlariga sabab dalil-hujjat yetishmasligi emas. Balki, oʻzlaridagi mavjud kasallik, mutakabbirlik, sarkashlik va gʻofillik sababdir. Hozir ular farishta tushsa edi, u boʻlsa yoki bu boʻlsa edi, deyishadi-yu, ammo aytganlaridan ham kattaroq narsa boʻlib:

«Agar ularga osmondan bir eshik ochsag-u, undan chiqib tursalar ham», iymon keltirmaydilar.

Bitta farishtani tushirish tugul, osmondan eshik ochib, oʻzlarini osmonga chiqib turadigan, farishtalarga aralashib yuradigan qilib qoʻysak ham, iymon keltirmay, boshqa bir bahona topadilar.

«Ular: «Albatta, koʻzlarimiz bogʻlandi, balki biz sehrlangan qavmdirmiz», derlar.»

Yaʼni, mana, aytganimizdan ham ziyoda boʻldi. Biz bir dona farishta tushishini soʻragan edik, osmondan eshik ochib, oʻzimizni chiqarib qoʻydi. Endi hamma farishtalarni koʻrmoqdamiz. Allohning borligi, hamma narsaga qodirligi, Paygʻambar yuborishi ham, kitob tushirgani ham haq ekan, biz Muhammad alayhissalomga va Qurʼonga iymon keltirishimiz lozim ekan, demaydilar. Bu koʻrayotganimiz haqiqat emas, bizning koʻzimiz bogʻlandi, sehrlanib qoldik, shuning uchun koʻzimizga bu narsalar koʻrinmoqda, deydilar. Barcha kofirlarning odati shudir.

Ularning koʻziga Allohning haqligi haqidagi ochiq-oydin moʻʼjiza koʻrsatilib, qoʻliga ushlatib qoʻyilsa ham, ehtimol udir, ehtimol budir, balki tabiat qonunini men tushunmayotgandirman, deb turaveradilar. Ayniqsa, hozirgi zamon kofirlari bunday gaplarga ustadirlar.

Boʻlmasa, turli favquloda moʻʼjizalarni kutib oʻtirishning hojati yoʻq, atroflariga nazar solsalar, moʻʼjiza toʻlib yotibdi. Mana, kelasi oyatlardagi zikr qilingan narsalarga bir nazar solib koʻrsinlar: